TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Mustaqillik maydonidagi favvoraning olib tashlanayotgani haqida xabarni rad etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Telegram-kanalida xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, hozirda bu yerda to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur favvoraning qurilganiga 50-yil bo‘lgan. Hozirda uning ayrim joylari darz ketgan. Agar vaqtida ta’mirlanmasa metroga suv tushish ehtimoli bor. Qolaversa, favvora u vaqtga nisbatdan 8 barobar ko‘p elektroenergiya iste’mol qiladi.
Hozirgi kunda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab elektr yanada tejaladi.
Shu yil oxiriga qadar favvora ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushiriladi.