Hodisalar

Toshkentda daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxsga chora koʻriladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Huquqbuzar shaharning befarq boʻlmagan aholisi yordamida qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanida daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxsga chora koʻrildi.

Hokimlik matbuot xizmatning maʼlum qilishicha, 12 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 12-mavzedagi 25-uyning orqa tomonida daraxtlarning kesilayotgani haqidagi xabar eʼlon qilingan. Toshkent shahar hokimligi va shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ushbu holat boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilgan.

Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 million soʻm jarima belgilandi

Aniqlanishicha, bu yerdagi daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan. Bu ishni amalga oshirgan davlat raqami 01/ G 365 HA boʻlgan avtotransport egasi voqea joyidan zudlik bilan gʻoyib boʻlgan. Toshkent shahar yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi qidiruv boʻlimi tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida avtotrasport vositasi ushlanib, vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.  Maʼlum boʻlishicha, ushbu qonunbuzarlik Z.Soliyev tomonidan amalga oshirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 162-moddasiga muvofiq, bu yoʻnalishdagi huquqbuzarlikka jarima chorasi qoʻllaniladi.

© Telegram / ExoUzbekistanaV Yunusabadskom rayone Tashkenta ostanovlena nezakonnaya vыrubka derevyev
Toshkentda daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxsga chora koʻriladi - Sputnik Oʻzbekiston
V Yunusabadskom rayone Tashkenta ostanovlena nezakonnaya vыrubka derevyev

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori oshirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0