Berdimuhammedov velosiped haydayotib, to‘pponchada nishonni aniq urdi

© Sputnik / Yegor Yeremov / Mediabankka o‘tishG.Berdimuxamedov pribil v Minsk v ofitsialnim vizitom
G.Berdimuxamedov pribil v Minsk v ofitsialnim vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti muntazam ravishda turfa qurollardan o‘q uza olish qobiliyatini namoyish etadi. Velosiped hayday turib nishonni aniq olish Turkmaniston prezidenti tomonidan birinchi marotaba namoyish etildi.

TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov harbiy mashg‘ulotlar davomida velosiped haydayotib to‘pponchadan aniq o‘q uzish qobiliyatini namoyish etdi, deb xabar berdi juma kuni hukumatning rus tilidagi "Betaraf Turkmaniston" nashri.

 Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti toychoq haqida rep kuyladi - video

Aytilishicha, Berdimuhammedov merganlik qobiliyatini o‘quv-mashg‘ulotlar markazida bo‘lib o‘tgan harbiy mashg‘ulotlar davrida ko‘rsatgan. Nashr xabariga ko‘ra, davlat rahbari milliy armiya harbiylarini tekshirish maqsadida yarim kechadan so‘ng tegishli bo‘linmalarni zudlik bilan jangovar shay holatga keltirish bo‘yicha buyruq bergan. Trevoga bilan harbiy qismlarning shaxsiy tarkibi oyoqqa turg‘azilgan. Jangovar samolyot va vertoletlar o‘quv-mashg‘ulotlar markaziga tomon yo‘l olgan.

Davlat rahbari bu yerda harbiy mashg‘ulotlarni tomosha qilgan, so‘ng velosipedga o‘tirib, yo‘l chetida joylashtirilgan marralar oldida razvorotlarni amalga oshirgan va har bir nishonga qarata uch martadan o‘q uzgan.

Barcha nishonlarni aniq olgan Turkmaniston yetakchisi yana bir karra o‘z jismoniy tayyorgarligi va merganlik qobiliyatini namoyish qilgan. Shuningdek, ushbu harakati bilan harbiylar, ayniqsa yoshlarga namuna ko‘rsatgan.

"Markazda o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlarda qatnashgan askarlar davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan aniq olingan nishonlarni tomosha qilar ekan, millat yetakchisi harbiy uquvi - turkman yoshlari uchun katta faxr ekanligini ta’kidladilar", - deb yozadi "Betaraf Turkmaniston".

Turkmaniston prezidenti muntazam ravishda turfa qurollardan o‘q uza olish qobiliyatini namoyish etadi. Velosiped hayday turib nishonni aniq olish Turkmaniston prezidenti tomonidan birinchi marotaba namoyish etildi.

Yangiliklar lentasi
0