O‘zbekistonda nemis va fransuz tilini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktablar ochiladi

© Uzedu.uzUchitelnitsa nemeskogo yazika
Uchitelnitsa nemeskogo yazika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston har bir hududida nemis va fransuz tilini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida nemis va fransuz tillarini o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda arab tiliga ixtisoslashtirilgan maktab ochilishi mumkin

Unda Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida nemis va fransuz tillarining o‘quv dasturlarini takomillashtirish, nemis va fransuz tillari chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.

Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining asosiy vazifalari:

- umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda nemis va fransuz tillarining chuqur o‘rganilishini tashkil etish;

- o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish orqali ularning faolligini oshirish;

- har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda iqtidorini rivojlantirish;

- ta’lim jarayoniga mahalliy va xorijiy mamlakatlardan yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchilarni jalb qilish orqali ta’lim sifatini oshirish;

- o‘quvchilarning iqtidori va iste’dodini aniqlash hamda kamol toptirish bo‘yicha milliy va xalqaro fan olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar va boshqa tadbirlarda munosib qatnashishga tayyorlash.

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlari xususida o‘z fikrini bildirdi

Qarorda aytilishicha, 2020–2021 o‘quv yilidan boshlab so‘nggi 10-yil davomida nemis va fransuz tillari o‘rganilishi to‘xtatilgan yoki boshqa xorijiy tillarga almashtirilgan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida ota-onalar va o‘quvchilarning hoxish-istaklarini inobatga olib, nemis va fransuz tillarining o‘rganilishini qaytadan yo‘lga qo‘yish;

har bir hududda bittadan nemis va fransuz tilini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan tayanch umumta’lim muassasasini tashkil etish choralarini ko‘rish belgilangan.

Loyihada ta’kidlanishicha, Xalq ta’limi vazirligiga ikki oy muddatda tayanch o‘quv rejasiga kamida 15 foiz o‘zgartirish kiritilgan holda nemis va fransuz tili fanlariga  ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining o‘quv rejasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.

Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida  2020–2021 o‘quv yilidan boshlab nemis va fransuz tili o‘qituvchilarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0