Jamiyat

Meʼyoridan ortiq ishlash oʻta jiddiy kasallikka olib kelishi mumkin – Frantsiya olimlari

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka oʻtishXirurg pered nachalom operatsii
Xirurg pered nachalom operatsii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Frantsiyalik olimlar tadqiqotda 18 yoshdan 69 yoshgacha boʻlgan 143,6 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ularning sogʻligʻi holati 7 yil davomida kuzatilgan.

TOSHKENT, 21 iyun – Sputnik. Frantsiyalik olimlar 10 soatdan ortiq ish kuni boʻlgan odamlarda insult rivojlanish xavfini ortishi haqida xulosaga keldi. Bu haqda RIA Novosti MedicalXpress asosan xabar qildi.

Planeta Zemlya. Vid iz kosmosa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Insoniyat nimadan nobud boʻlishi mumkin – olimlar asosiy 4 ta tahdidni maʼlum qilishdi

Bir yil davomida kamida 50 kun ichida sutkada 10 soatlab ishlagan odamlar, meʼyoridan ortiq vaqt ishlamagan ishchilarga qaraganda - insult xavfi 29 foizga koʻp boʻlgan.  

Oʻn yil davomida muntazam ravishda oʻn soatlab ishlagan odamlarda bu xavf 45 foizga koʻtarilgan.

Ish vaqtidan ortiq ishlash ayniqsa 50 yoshga toʻlmagan kishilar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

“Bu kutilmagan holat. Bu hodisani sababini aniqlash uchun kelgusi tadqiqotni amalga oshirish zarur”, - dedi tadqiqot muallifi Aleksi Deskata.

Tadqiqotda 18 yoshdan 69 yoshgacha boʻlgan 143,6 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ularning sogʻligʻi holati 7 yil davomida kuzatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0