Jamiyat

Prezident maktablarida imtihonlar boshlandi. Konkurs: 1 oʻringa - 47 kishi

© XTVNachalis vstupitelnыe ekzamenы v prezidentskiye shkolы
Nachalis vstupitelnыe ekzamenы v prezidentskiye shkolы - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident maktablariga imtihonlar boshlandi, hujjat topshirganlar juda koʻp - bir oʻringa 47 kishi toʻgʻri kelmoqda.

TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. ​Toshkent, Namangan, Xiva va Nukus shaharlarida prezident maktablariga qabul qilish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi, deb xabar qilmoqda Xalq taʼlimi vazirligi. 

Imtihonlarning saralash bosqichi 29 iyun - 2 iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Ariza topishirgan oʻquvchilarning 22051 nafari oʻzbek tilida, 4847nafari qoraqalpoq tilida va 621 nafar ingliz tilida imtihon topshirish istagini bildirgan.

© XTVNachalis vstupitelnыe ekzamenы v prezidentskiye shkolы
Prezident maktablarida imtihonlar boshlandi. Konkurs: 1 oʻringa - 47 kishi - Sputnik Oʻzbekiston
Nachalis vstupitelnыe ekzamenы v prezidentskiye shkolы

Dastlabki bosqichda (29 iyun - 2 iyul) oʻquvchilar matematika fanidan imtihon topshiradi. Oʻquvchilarga 30 ta masalani yechish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Imtihon savollari Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi tomonidan tayyorlangan.

Uchebnыy god v shkolax Uzbekistana nachalsya 5 sentyabrya - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻqituvchilar haqida qonun va prezident maktablari: XTVning 2019 yil uchun rejalari qanday?

Saralash imtihonlari natijalariga koʻra asosiy imtihonlarda ishtirok etadigan nomzodlar aniqlanadi. Asosiy imtihonlar mantiqiy fikrlash, mantiq elementlari boʻlgan matematika va ingliz tili fani boʻyicha tashkil etiladi. Asosiy imtihonlar iyul oyining yakunida boʻlib oʻtilishi kutilmoqda.

Imtihonning barcha jarayonlarini Buyuk Britaniyalik mutaxassislar nazorat qiladi. Javoblar tekshirish uchun Angliyaga yuboriladi va natijalar 16 iyul kuni eʼlon qilinadi, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Prezident maktablariga hujjatlarning qabul jarayoni 2019 yilning 1 iyunidan 22 iyun kuniga qadar boʻlib oʻtgan edi. Shu vaqt ichida 28 446 nafar nomzod hujjat topshirgan boʻlsa, ulardan 27 446 nafari kirish imtihonlarining saralash bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Nukus - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi

Hududlar boʻyicha eng koʻp – 7724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpogʻistonda 7456 ta, Xorazmda 6503 ta, Toshkent shahrida 5763 ta hujjat qabul qilingan.

Eng koʻp – 8727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan. Eng past koʻrsatkich 10-sinflar orasida – 2350 ta.

2019 yilda ochilishi kutilayotgan 4ta prezident maktablarining har biriga 144 nafar oʻquvchini qabul qilinadi. Har bir sinfda 24 nafar oʻquvchi tahsil oladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala