Putinni haqoratlagan jurnalist uyiga sharmanda taxtasi ilindi

© Facebook / Giorgi GabuniaGruzinskiy televedushiy Georgiy Gabuniya
Gruzinskiy televedushiy Georgiy Gabuniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taxtachada "Bu uyda jahldor to‘nka Georgiy in qurgan" deb yozilgan bo‘lgan. U binoda bir necha kun davomida ilingan holatda turgan

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Tbilisida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqoratlagan "Rustavi 2" jurnalisti Georgiy Gabuniy uyiga sharmandalar taxtachasi ilindi, deb xabar qildi "KP".

Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
U erkak emas - Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist haqida

Taxtachada "Bu uyda jahldor to‘nka Georgiy in qurgan" deb yozilgan edi. U binoda bir necha kun davomida ilingan holda turgan.

Xonadon aholisi so‘zlariga ko‘ra, teleboshlovchi qiliqlari muntazam ravishda unga qarshi mitinglar ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.

"Georgiy shu bois ham o‘ziga qo‘riqchi yollagan. Ikkita devday yigit bu to‘nkani liftgacha kuzatib, kutib olishmoqda", - deb hikoya qiladi Georgiyning ota-onasiga qo‘shni yashaydigan Vaxa.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, Gabuniy mamlakatda qo‘riqchi bilan yuradigan yagona jurnalist. U ilgarilari mutlaqo boshqacha bo‘lgan, deb qo‘shimcha qiladi Vaxa.

"Maktabdan keyin Italiyaga o‘qishga ketdi, ta’til vaqtlari kelardi, ketardi. Umuman ular yopiq oila. Hammasi shundan keyin boshlangan. Biri bo‘lmasa, ikkinchi biror hodisaga aralashib yuradi", - deydi erkak.

Oila tanishi shuningdek, mojaro markazida qolgan jurnalistning ota-onasi birdan kamgap bo‘lib qolishganini aytgan.

Aksiya protesta v Gruzii u telekanala Rustavi2 - Sputnik O‘zbekiston
Gruziya telekanali boshlovchisi Putinni haqorat qilganidan so‘ng favqulodda miting boshlandi

"Endi odamlarning ko‘zlariga qarashga uyalishayotgan bo‘lsa kerak", - deya taxmin qiladi Vaxa.

Eslatib o‘tamiz, Gruziyadagi "Rustavi2" telekanali boshlovchisi ilgariroq efirda 1 daqiqa davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va uning marhum ota-onasini haqorat qilgan edi.

Ushbu voqeadan bir necha soat o‘tib telekanal atrofida favqulodda miting to‘plandi. Jurnalist xatti-harakatidan norozi bo‘lgan odamlar uni ishdan haydashni va umuman ushbu telekanalni yopishni talab qila boshlashdi.

"Rustavi2" telekanali Gruziyaning sobiq prezidenti Saakashvili yetakchilik qilgan "Yagona milliy harakat" partiyasiga tegishli bo‘lgan. Ayni damda partiya barcha yo‘nalishlarda inqirozga uchragan bo‘lsa-da, uning ayrim vakillari haliyam provokatsiyalar uyushtirishga urinishlarini to‘xtatmagan. Putinni haqorat qilgan jurnalist Georgiy Gabuniya - Saakashvili davridan qolgan fitnachi, desak adashmaymiz.  

Ikki hafta oldin Rossiya parlamenti delegatsiyasining Tbilisiga tashrifi vaqtida poytaxt ko‘chalarida Rossiyaga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu mitinglar Gruziya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa-da, ularga barham berish uchun ham jiddiy choralar ko‘rilmagandi. Shu sabab Rossiya hukumati Gruziyaga sayyohlar yuborishni cheklashni ma’qul ko‘rdi.

Rossiya Davlat Dumasi hukumatga Gruziyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llash maqsadga muvofiqligini tavsiya etdi. Putin "gruzin xalqiga hurmat tufayli" Tbilisiga qarshi sanksiyalar qo‘llashga qarshiligini bildirdi. Rossiya yetakchisi shuningdek, uni haqorat qilgan jurnalistga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishini qo‘llab-quvvatlamadi.

Putin gruziyalik jurnalist haqoratiga javoban nima dedi >>>

Yangiliklar lentasi
0