O‘zbekistonda ikki yilda oltin va kumush qazib olish 300 tonnaga yetkaziladi

© Sputnik / Pavel LisisinZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilda oltin va kumush qazib olish 150 tonnaga, 2021-yilda esa 300 tonnaga yetkaziladi.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishni yanada takomillashtirish va 2020–2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oq oltin o‘rniga sariq oltin eksportiga o‘tdi

Qaror bilan 2020–2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi ma’qullandi.

Dastur doirasida foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirish 2020-yilda 35 foizga, 2021-yilda 40 foizga yetkaziladi.

2020 yilda oltin va kumush qazib olish 150 tonnaga, 2021-yilda esa 300 tonnaga yetkaziladi.

Dasturni amalga oshirish uchun jami 2 trln 371 mlrd 9 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Qaror bilan Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni yanada takomillashtirish, yer qa’rini oqilona o‘rganish va o‘zlashtirish, shuningdek, kon-geologiya sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Aleksey Zubes - Sputnik O‘zbekiston
Dollarni nima kutmoqda va nega hamma oltin xarid qilmoqda – ekspert fikri

“Yo‘l xaritasi” doirasida geologiya-qidiruv ishlari hisobotlarini tuzishning xalqaro standartlari joriy qilinadi va foydali qazilmalar zaxiralari JORC Kodeksiga muvofiq tasdiqlanadi.

Qattiq foydali qazilma maydonlari va konlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun yagona elektron onlayn platforma ishga tushiriladi.

Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada foydali qazilmalarni qidirish va aniqlash huquqi uchun imtiyozli bonus stavkalari qayta ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davrida soliq qonunchiligining o‘zgarmasligi kafolatlari ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0