Mashhurlikni deb poyezd ostiga yotdi: toshkentlik blogerga jazo beriladimi

© GUVDPod poyezd radi xaypa: kak nakajut tashkentskogo blogera
Pod poyezd radi xaypa: kak nakajut tashkentskogo blogera - Sputnik Oʻzbekiston
Yosh yigitchalar oʻz ismlarini yashirish niyati ham yoʻqligini maʼlum qilishgan. Ularning aytishicha bunday harakatdan maqsad: shuhrat qozonish va oʻz kuzatuvchilari sonini oshirish boʻlgan

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Harakatlanayotgan elektrovoz ostiga yotib olgan bloger nega bunday qilgani boisini tushuntirdi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Hodisalar
Rossiyada 13 yoshli qiz selfi olaman deb oʻzini otib qoʻydi

Sal vaqt oldin internetda Artur Babayev ismli bloger tomonidan eʼlon qilingan videoda bir yosh yigit elektrovoz kelayotgan temir yoʻlga yotib olgani aks etgan edi. Shundan soʻng Toshkent shahar IIBBga blogerlarga nisbatan jazo choralari qoʻllaniladimi, degan mazmunda koʻplab savollar kelib tusha boshlagan.

Internet foydalanuvchilari blogerning ushbu harakatini keskin tanqid ostiga olishgan, u "yoshlar va oʻsmirlar uchun yomon namuna boʻlayotgani uchun" tegishli jazoga tortilishi lozimligi haqida talablar tushgan.

IIBB maʼlumotiga koʻra, ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda 16 avgust kuni paydo boʻlgan. Suratga olish ishlari bir kun avval Yunusobod tumanidagi "Salar" - "Chuqursoy" stantsiyalarida oʻtkazilgan.

Blogerlar shaxsi aniqlangan. Ular 19 yashar Artur Babayev va Dmitriy O. boʻlib chiqqan.

Yigitlar oʻzlarining kimligini yashirish niyatida emasliklarini maʼlum qilishgan. Ularning aytishicha bunday harakatdan maqsad: shuhrat qozonish va ijtimoiy tarmoqlarda oʻz kuzatuvchilari sonini oshirish boʻlgan.

Ushbu fakt yuzasidan blogerlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi ("mayda bezorilik") boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnomasi tuzilgan. Soʻnggi qaror sud tomonidan chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala