Jamiyat

Yangi qonun ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan qanday himoya qiladi?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPredsedatel komiteta jenщin Samarkandskoy oblasti Gavxar Alimova.
Predsedatel komiteta jenщin Samarkandskoy oblasti Gavxar Alimova. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi qabul qilingan qonun ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan qanday himoya qiladi, degan savolga Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi Gavhar Alimova Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga izoh berdi.

TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun maʼqullandi. Bu qonun ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan qanday himoya qiladi va qonunning eʼtiborga molik jihatlari nimadan iboratligi xususida Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi Gavhar Alimova Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida soʻzlab berdi.

Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda piyonista erkaklar roʻyxati tuzildi

Alimova qonunga koʻra, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega ekanligini taʼkidladi va bunda jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy hamda maʼnaviy zararni qoplash toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat etganida davlat boji toʻlashdan ozod qilinishiga eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, tazyiq va zoʻravonlik jabrlanuvchisi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda uning ish joyi va maoshi saqlab qolishiga alohida urgʻu berib oʻtdi.

Gavhar Alimova suhbat davomida birgina Samarqand viloyatining oʻzida 600 nafardan ortiq ichkilikka ruju qoʻygan va ayoliga, farzandlariga tazyiq oʻtkazuvchi erkaklar roʻyxatga olinganini qayd etdi. Baʼzi joylarda ayollar muammoni ochishdan va eriga chora koʻrishni soʻrab, murojaat qilishdan choʻchishlarini afsus bilan tilga oldi.

Samarqand viloyati xotin-qizlar raisining soʻzlariga koʻra, 8 oy ichida Samarqanddagi markazlarga 500 yaqin xotin-qizlar ayollar murojaat qilgan. Ulardan 111 nafariga psixologik yordam, 94 nafariga huquqiy yordam koʻrsatilgan 80 nafardan ortigʻi ish bilan taʼminlangan va ularga kreditlar ajratilgan.

“Bu oʻsha oiladagi tazyiq va zoʻravonlik oqibatlari. Birgina misol keltiraman, ilgarilari statistikani koʻproq aytmas edik, yashirashdik. Bugungi kunda biz muammoni ochiq aytib, uni ildizlari bilan ishlayapmiz. Masalan, 8 oy ichida Samarqand viloyatida 109 ta oʻz joniga qasd qilish holati kuzatilgan. Shundan 20 tasiga oilaviy masala sabab boʻlgan, yaʼni 25 foizi bevosita tazyiq va zoʻravonlik oqibatida. Misol tariqasida Kattaqoʻrgʻon tumanidagi holatni keltirish mumkin. Eri qattiq urishi oqibatida ayol oʻz joniga qasd qildi. Lekin u erkakka chora koʻrilmadi. Uni oʻz joningga qasd qilgin deb urmagan-ku, degan gap xalq orasida va huquq-tartibot organlari ichida bor masala. Mana bundan keyin qonunchilikda aniq belgilanib, ularga choralar koʻriladi”, - deydi Gavhar Alimova.

Jenщina iz Bulungura, postradavshaya ot poboyev supruga - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xotin-qizlar qoʻmitasi eri ayovsiz kaltaklagan kelinchakni oʻz himoyasiga oldi

Alimova oilalar uchinchi shaxs qaynona, qaynisingil hattoki xola va ammalar aralashishi oqibatida oilalar buzilayotganini va ularga boshqa kishilar tarafidan ruhiy zarbalar berilayotganini aytib, buni tazyiq, jabr koʻrsatishning shikast oldi, degan tushunchada olish mumkinligini taʼkidladi.

“Erkaklar ham oiladagi uchinchi shaxslar ham bundan keyin oʻylab muomila qilishadi deb oʻylayman. Buning uchun biz huquqiy targʻibotni kuchaytirishimiz kerak. Bunday fuqarolar bilan ishlab, maʼnaviy saviyasini oshirishga juda katta eʼtibor qaratishimiz kerak”,  - deya soʻzlariga yakun yasadi Gavhar Alimova.

“Ishonch telefoni”ga xotin-qizlardan 15 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi

Yangiliklar lentasi
0