Hodisalar

Nazoratsiz qoldirilgan bolalar uyni yoqib yuborishi oqibatida 11 yoshli bola halok boʻldi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishSotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik Oʻzbekiston
Yongʻinni bartaraf etish vaqtida Qoʻshchinor koʻchasida yashagan 2008 y.t. M.R.ning (oʻgʻil bola) kuygan holdagi jasadi topilgan.

TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahri Yakkabogʻ mahallasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻldi.

Pojar. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Margʻilondagi yongʻinda nogiron ayol tiriklayin yonib ketdi

DYOXX xizmati xabariga koʻra, voqea joyiga 5 ta asosiy va 1 ta yordamchi yongʻin oʻchirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi boʻlinmalar koʻrsatilgan manzilga soat 10:47 da yetib borgan vaqtda bir biriga tutash qurilgan Qoʻshchinor koʻchasidagi 33-uyning tomi, ichki qismi va jihozlari hamda Uchrobot koʻchasidagi 8-uyning tom qismi va darvozaxonasi ochiq alanga bilan yonayotganligi maʼlum boʻlgan. Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 11:25 da qurshab olingan va soat 13:05 da bartaraf etilgan.

Yongʻin oqibatida Qoʻshchinor koʻchasidagi 33-uyning tomi, shifti va ichki jihozlari 180 kv.metr maydonda yonib, alanga qoʻshni xonadonlarga tarqalishi natijasida Uchrabot koʻchasidagi 8-uynig tomi, shift qismi va qisman ichki jihozlari 100 kv.metr maydonda hamda 6-uyning tom qismi 6 kv.metr maydonda yonib zararlangan.

“Yongʻinni bartaraf etish vaqtida Qoʻshchinor koʻchasi 48-uyda yashagan 2008 y.t. M.R.ning (oʻgʻil bola) kuygan holdagi jasadi topilgan”, - deyiladi xabarda.

Uyda yolgʻiz qoldirilgan bolalarning yelim idishlardagi benzin oldida ochiq olovdan foydalanishi hodisaning taxminiy sababi sifatida koʻrib chiqilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyatida bolalar shoʻxligi yongʻinga sabab boʻlgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala