O‘zbekiston oliygohlarida yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat oliy ta’lim muassasalarida yangi 2019/2020 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi.

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida yangi 2019/2020 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Xokim Tashkenta vruchil shkolnikam podarki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maktablarida o‘qish qachondan boshlanishi aytildi

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari jamoalariga munosib dam olish sharoitlarini yaratib berish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida yangi 2019/2020 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanishni ma’lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan ketma-ket to‘rt kun dam oladi. Haftasiga besh kun ishlaydiganlar 31-avgust - 3-sentabr kunlari, olti kun ishlaydiganlar esa 1-sentabr - 3-sentabr kunlari dam oladi.

Yangiliklar lentasi
0