Jamiyat

Yakkabogʻlik tadbirkor: bizga yordam kerakmas, dadam qamoqdan chiqsa boʻldi

© XSVosstanovlennыy magazin yakkabagskogo predprinimatelya
Vosstanovlennыy magazin yakkabagskogo predprinimatelya - Sputnik Oʻzbekiston
Yakkabogʻlik tadbirkorning oʻgʻli, hokimiyat yetkazgan zararni sud orqali undirib olishga umid qilmoqda.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Bir necha oy oldin Yakkabogʻda hokim oʻrinbosarining usga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkorning oʻgʻli oʻsha voqeadan keyin nimalar boʻlganini soʻzlab berdi. “Xalq soʻzi” xabariga asosan.

Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qashqadaryoda fuqaro uning doʻkonini buzmoqchi boʻlgan hokim oʻrinbosarini yoqib yubordi

Tadbirkor Bahriddin Isamovning oʻgʻli Sharofiddinning xabar qilishicha, hokimiyat vakillari tadbirkorga yetkazgan zararni hali toʻliq qoplagani yoʻq. Ular oldin oʻzlari buzib tashlagan narsalarni joyiga qoʻyishgan xolos.

“Kimdir doʻkonimizni hokimiyatdan kelib taʼmirlab berishdi, degan gaplarni tarqatibdi. Aslida hokimiyat odamlari oʻzlari buzgan narsalarni joyiga qoʻyishdi, xolos, - deydi Sharofiddin.

Shundan soʻng ham doʻkonni pardozlash ishlariga tadbirkor yana 20 million xarajat qilishgan. Undan tashqari buzilish vaqti tadbirkor mulkiga ham katta zarar yetgan. Uni Sharofiddin sud orqali undirib olishga umid qilmoqda.

Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tadbirkor tomonidan yoqib yuborilgan hokim oʻrinbosariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

“Umuman, bizga hokimiyatning muruvvati kerak emas, oʻzimizning kuchimiz yetadi. Faqat hozir tergov ishlari davom etayotgani uchun otamizni ehtiyot chorasi sifatida hibsxonada ushlab turishibdi. Padari buzrukvorimiz uyga qaytsa, shu yerdan turib ham tergov ishlarida ishtirok etsa, adolatdan boʻlar edi”, - deydi tadbirkorning oʻgʻli.

Eslatib oʻtamiz, Yakkabogʻda boʻlib oʻtgan shov-shuvli voqealardan keyin tumanda tekshiruvlar oʻtkazilib, hokimiyat hatti-harakatlari noqonuniy ekani aniqlangan edi. Shundan soʻng viloyat hokimi uzr soʻragan, Yakkabogʻ tuman hokimi oʻrinbosariga nisbatan jinoyat ishi ochilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala