Och burgut ovga chiqadi: Nurmagomedov Puarye ustidan qanday qilib g‘alaba qozonishini aytdi

© REUTERS / USA Today SportsKonor Makgregor
Konor Makgregor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abu-Dabida UFC 242 musobaqasida Nurmagomedov amerikalik Puarye bilan jang qiladi.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Rossiyalik UFC jangchisi Habib Normagomedov raqibi Dastin Puarye ustidan qanday qilib g‘alaba qozona olishini aytdi.

Trenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
Habib Nurmagomedov butilka ochish bo‘yicha fleshmobda ishtirok etdi - video

“7 sentabrda burgut ov qiladi. Ammo oddiy burgut emas, och burgut. Bu ikki xil hayvon. Seni faqat bir narsa dangasa qiladi – bu to‘q qorin. Ammo mening holatimda emas. Birinchi navbatda men uchishim kerak. Hech narsa o‘zgarmadi, murabbiy. Biz hammasini odatdagidek qilayapmiz. Ovga uchib chiqamiz va o‘ljani tutamiz”, - dedi Nurmagomedov.

7 sentabr kuni Abu-Dabida Nurmagomedov amerikalik Dastin Puarye bilan jang qiladi. Bu jang UFC 242 musobaqasida o‘tkaziladi. Bu diskvalifikatsiyadan so‘ng Nurmagomedov uchun birinchi jang bo‘ladi.

Rossiyalik jangchi 27 ta jangda 27-marta g‘alaba qozongan.

Yangiliklar lentasi
0