Hodisalar

Peterburgda oʻzbekistonlik jasadi topilgani yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishAvtomobil politsii
Avtomobil politsii - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq “Burger King” fast-fud ovqatlanish tarmoqlaridan birining omborida 26 yashar oʻzbekistonlik boʻgʻzidan pichoqlangan holatda topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻzbekistonlik jasadi topilgani yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi. 

Noj v ruke mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston
Peterburgdagi fast-fud restoranida oʻzbekistonlik jasadi topildi

TIV xabarida qayd etilishicha, mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 2019 yilning 14 sentyabr kuni shahardagi ovqatlanish punktlaridan birining omborida Oʻzbekiston fuqarosi B.X.ning jasadi topilgani toʻgʻrisida qator OAVlar tarqatgan xabarni tasdiqlagan.

Politsiya oʻlimga pichoqdan olingan jarohat sabab boʻlganini maʼlum qilgan. Ayni paytda tergovgacha boʻlgan tadbirlar olib borilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Sankt-Peterburg shahrining tergov organlari bilan doimiy aloqa oʻrnatgan. Shuningdek,  marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shugʻullanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala