Siyosat

Ruhoniy: Saudiya va AQSH Yamanni vayronaga aylantirishdi, oʻzlariga zarba bersa - yoqmaydi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani
Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo hujumlarda Yamanni emas Eronni ayblab uning neft konlariga zarba berishni taklif qilgan edi.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. Saudiya Arabistoni, AQSH va yana bir necha davlatlar Yamanga birinchi boʻlib zarba berishdi, Yaman zarba berganda,  ular dod solishga tushmoqda, dedi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Saudiya neft konlariga berilgan zarba haqida, RIA Novosti xabariga asosan. 

“Saudiya Arabistoni, BAA, AQSH, bir necha Yevropa mamlakatlari va istilochi sionist rejimi hududda urush boshlab Yamanni vayronaga aylantirishgan edi. Yamanliklar esa maktab, shifoxona yoki bozorlarga zarba berayotgani yoʻq, ular ogohlantirish maqsadida ishlab chiqarish markaziga zarba berishdi”, - dedi Ruhoniy.

Eron rahbarining fikriga koʻra, ushbu mamlakatlar bundan kerakli xulosa chiqarib, hududda urush olovini oʻchirishlari kerak.

Dobыcha nefti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kamaytirdi

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan shanba kuni Saudiya Arabistoni oʻzining yirik konlariga uchuvchisiz apparatlar yordamida zarba berilganini va buning oqibatida Saudiya kunlik qazib olinayotgan neft hajmini 50%ga tushirishga majbur boʻlganini xabar qilgan edi.

Ushbu hujumdan AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo hujumlarda Yamanni emas Eronni ayblab, uning neft konlariga zarba berishni taklif qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala