Jamiyat

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati tasdiqlandi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishNarkoticheskiye veщestva v tabletkax
Narkoticheskiye veщestva v tabletkax - Sputnik Oʻzbekiston
Qaror bilan, 78 turdagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning koʻp miqdor koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, 78 turdagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning koʻp miqdor koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Tabletki tramadola - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Narkolog: "Tramadol” giyohvand moddalarga oʻxshaydi – ilk isteʼmoldan tobelik paydo boʻladi

Shuningdek, qaror bilan ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamda axborot vositalarining kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi boʻyicha axborotini, dori vositalarini notibbiy maqsadlarda isteʼmol qilish monitoringi natijalarini koʻrib chiqish Ekpert guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ekspert guruhi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala