Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlangan blogerlar ustidan sud hukmi oʻqildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Eslatib oʻtamiz, joriy yil aprel oyida Rustam Karim va Toʻlqin Astanov Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali jonli efirga chiqib, Oʻzbekiston Musulmonlar idorasiga borishgan

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Blogerlar — Rustam Karim va Toʻlqin Astanovga nisbatan sud hukmi oʻqildi, deb xabar bermoqda oʻzbek OAVlari Oʻzbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovga tayangan holda. Blogerlar Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlanayotgan edi.

Operativno-strategicheskiye komandno-shtabnыe ucheniya spetsslujb stran SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
SHHT davlatlari maxsus xizmatlari 2018 yilda 600dan ortiq terrorchilarni qoʻlga oldi

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 8 aprel kuni Rustam Karim va Toʻlqin Astanov Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali jonli efirga chiqib, Oʻzbekiston Musulmonlar idorasiga borishgan, "Shayx" Ablulaziz Mansur bilan uchrashdik! Yangi yil bobo bilan", deb izoh yozar ekan, ular "Halol" sertifikati, hijob masalasi, Vazirlar Mahkamasining maktab formasi toʻgʻrisidagi 666-sonli qarori boʻyicha suhbat olib borishganini maʼlum qilganlar.

Shu kunning oʻzida blogerlar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qlichev raisligida boʻlib oʻtgan sud yakuniga koʻra,  Rustambek Karimov (1975 yilda Toshkent shahrida shahrida tugʻilgan, millati - oʻzbek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti – oʻrta, muqaddam sudlangan, vaqtincha ishsiz) Oʻzbekiston Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. 

Diniy ulamolarning OAVlarda chiqishlari koʻpaytiriladi >>>

Unga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 1-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) 8-qismi tartibida jinoyat ishlari boʻyicha Sirgʻali tuman sudining 2019 yil 16 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazoning oʻtalmagan qismini qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil oʻtash uchun 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Zaderjaniye podozrevayemыx v sovershenii prestupleniya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
DXX toʻrt nafar "Xizb ut-Tahrir" aʼzosini qoʻlga oldi

Tayinlangan jazoni manzil koloniyalarda oʻtattirish belgilandi.

Toʻlqin Astanov Jinoyat kodeksi 244−1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi "g" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 244−1-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 72-moddasi (shartli hukm qilish) tartibida, tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli deb hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0