Iqtisod

Muborak IES modernizatsiyasi bilan koreys kompaniyasi shugʻullanadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishKomplekt raspredelitelnыx ustanovok na TETS
Komplekt raspredelitelnыx ustanovok na TETS - Sputnik Oʻzbekiston
Koreya tomoni Muborak IESda qazib olish ishlari, investitsiya va moliyalashtirishni oʻz zimmasiga olishga, shuningdek, ehtimoliy boshqaruvni davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Energetika vazirligi, Koreya energetika agentligi va SK Engineering & Construction kompaniyasi oʻrtasida Muborak issiqlik elektr stantsiyasini modernizatsiyalash loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish boʻyicha Anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar qiladi tashkilot matbuot xizmati.

Hujjat oʻzbek delegatsiyasining Seuldagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sakkizinchi xalqaro konferentsiyasidagi ishtiroki doirasida imzolandi.

Minenergo privlechet top-menedjerov iz YES dlya upravleniya otraslyu - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Energetika vazirligi sohaga Yevropadan top-menejerlarni jalb qiladi

Unga koʻra, koreya tomoni Muborak IESda qazish, investitsiya va moliyalashtirish ishlarini bajarishga, shuningdek, stantsiyaning kelgusi boshqaruvini davlat-xususiy sherikchilik sharti asosida amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

Maʼlumot uchun: SK Engineering & Construction kompaniyasi Koreya Respublikasida yillik kapital aylanmasi 213 mlrd AQSH dollarini tashkil qiluvchi va 2018 yil yakuniga koʻra, 23,8 mlrd AQSH dollarida sof foydaga ega boʻlgan, hajm jihatdan eng yirik uchinchi kompaniya hisoblanadigan SK Group tarkibiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala