Siyosat

Oʻzbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari oʻzaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaGlavы oboronnыx vedomstv Uzbekistana i Azerbaydjana podpisali plan vzaimnogo voyennogo sotrudnichestva
Glavы oboronnыx vedomstv Uzbekistana i Azerbaydjana podpisali plan vzaimnogo voyennogo sotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.

TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Ministr oboronы Uzbekistana otbыl v Azerbaydjan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjonga joʻnab ketdi

“Shuningdek, Oʻzbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020 yilga moʻljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar”, - deyiladi xabarda.

30 oktyabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston mudofaa vaziri rahbarligidagi harbiy delegatsiya MDHga aʼzo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga joʻnab ketgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala