Siyosat

Rus dunyosi va rus madaniyati hamkorlikka ochiq, deb bayonot qildi Putin

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Davlat rahbari Rossiya hamda chet ellik sheriklar oʻrtasidagi hamkorlik rivojiga qoʻshgan hissasi uchun vatandoshlar, rossiyaliklar va xorijlik doʻstlarga minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Rus dunyosi va rus madaniyati hamisha hamkorlikka ochiq, deya bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin Kremlda Rossiya va chet el fuqarolariga mukofotlarni topshirish marosimida.

Dni russkix traditsiy v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Ruslar Oʻzbekistonda axil-inoq hayot kechirmoqda - Samarqand hokimi

"Bugun soʻzga chiqqanlarning aksariyati, deyarli barcha, rus tili, rus madaniyati va rus dunyosi haqida gapirishdi... avval boshdan rus madaniyati va rus davlatchiligi koʻpmillatli va koʻpkonfessiyali sifatida qad koʻtargan. Rus dunyosi ichki dunyosi shunday, bu uning tashqi jihatida ham oʻz aksini topgan. Rus dunyosi, rus madaniyati hamkorlikka, umumiy ravnaqga hamisha ochiq", - dedi Putin taqdirlash marosimi yakunida.

Davlat rahbari Rossiya hamda chet ellik sheriklar oʻrtasidagi hamkorlik rivojiga qoʻshgan hissasi uchun vatandoshlar, rossiyaliklar va xorijlik doʻstlarga minnatdorlik bildirdi.

"Yana bir marta barchani bayram - Xalq birdamligi kuni bilan tabriklayman!", - deb yakunladi oʻz chiqishini Vladimir Putin.

Yangiliklar lentasi
0