Analitika

Foydalanishda boʻlgan - AQSH Ukrainaga qanday katerlar "sovgʻa qildi"

© Press-slujba prezidenta Ukrainы / Mediabankka oʻtishPeredacha Ukraine katerov beregovoy oxranы klassa Island
Peredacha Ukraine katerov beregovoy oxranы klassa Island - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH Ukraina dengiz flotiga 30 yil foydalanishda boʻlgan, korpus defekti bilan konservatsiyaga chiqarilgan katerlarini yetkazib berdi.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Hech qanday AQSH harbiy yordam Ukrainaga Rossiya bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarining oʻrnini bosa olmaydi, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Aleksandr Xrolenko.

Ukraina dengiz kuchlari Dunyo okeaniga yangi qadam qoʻydi – 9 noyabr kuni AQSH tomonidan yetkazib berilgan patrul katerlarining sinovi boʻlib oʻtdi. Ikki dona Island  turdagi qoʻriqlash katerlari Ocean Freedom nomli yuk tashish kemasida yetkazib berildi. Ukrainada katerlarga — R 190 "Starobelsk" va R 191 "Slavyansk" nomlari berildi.

Zaxarova: SSHA prevraщayut kosmos v novoye pole voyennыx deystviy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Zaxarova Ukraina mudofaa vazirining Rossiya bilan urush haqidagi soʻzlariga javob berdi

Ushbu katerlar oldin AQSH qirgʻoq qoʻriqlash boʻlinmalariga tegishli boʻlib, Cutters Drummond va Cushing deb nomlangan. Ukrainaga yuborilishidan oldin ular AQShda 30 yil xizmat qilgan.

Kiyev Island turdagi ushbu katerlar qirgʻogʻini nazorat qilishi va NATO kemalarini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻrta-yer dengiziga ham chiqishi mumkin deb hisoblashadi.

"Starobelska" va "Slavyanska" dengizga ilk chiqishi AQSH prezidenti maslahatchisi Robert O'Brayenning “AQSH Ukrainaga doimiy ravishda harbiy yordam koʻrsatmasligi va Kiyev Moskva bilan kelishib olishiga umid qilayotgani” haqidagi bayonoti bilan bir kunda sodir boʻldi.

2014 – 2019 yillar davomida AQSH Ukrainaga  1 milliarddan ortiq mablagʻga harbiy yordam koʻrsatdi. 2018 yilda yillik harbiy yordam miqdori 350 000 dollar miqdorida belgilangan boʻlsa, 2019 yilda ushbu yordam miqdori 250 million dollar miqdorida cheklandi.

Oʻtgan yil oxirida Vashington Ukraina uchun ajratilgan 400 million dollar yordamni “muzlatib” qoʻygani ham AQSH Ukrainaga unchalik istamay yordam berayotganini koʻrsatadi.

“Jangovar” qayiqlar

AQShning qirgʻoqni qoʻriqlash xizmati Mudofaa vazirligiga qarashli boʻlmay, u koʻproq politsiya va bojxona masalalari bilan shugʻullanadi. Ularning soʻnggi qahramonliklaridan biri bu 7 tonna kontrabanda kokain ortilgan qayiqni qoʻlga olishi boʻlgan edi.

Prezident RF Vladimir Putin i federalnыy kantsler FRG Angela Merkel  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin va Merkel Ukraina orqali gaz tranzitini muhokama qildi

Qirgʻoq qoʻriqlash xizmatining huquqni saqlash organi ekanligi ularning qayiqlarining texnik va taktik xususiyatlarini cheklab qoʻyadi. Dengizda uzoq suzish va jang qilish – Island qayiqlarining ishi emas. Shuning uchun ham Ukrainaning boʻlajak “okean floti”ni Odessaga boshqa kemaga ortib olib kelishgan.

Qirgʻoqqa yaqin hududlarda (500 milgacha) jang qilishga moslashgan dengiz qayiqlari mamlakat asosiy dengiz harbiy kuchlarini – raketa tashuvchi va suv osti kemalarini ishga tushirishda qulay sharoitlar yaratish maqsadi uchun xizmat qiladi. Lekin Ukrainaga berilgan ushbu kemalar uchun bunday vazifalarni amalga oshirish amri mahol. Ularing korpusi buning uchun yetarlicha mustahkam emas, sinov vaqtida katta tezlikda yorila boshlagan.

Island katerining suv sigʻimi 169 tonnani, uzunligi 34 metrni, kengligi – 6,4 metrni, eng katta tezligi – 28 uzelni tashkil qiladi. Kema ekipaji 16 kishini avtonom suzish muddati – 5 sutkani tashkil qilishi mumkin. Kater 25-mmli avtomatik pushka (Mk 38 Mod 0 Bushmaster)va ikkita 12,7-mm pulemetlar (M2NV)bilan jihozlangan.  

Shuningdek, kater bortida AN/SPS-73 radiostantsiyasi  va puflama lodka bor. Ushbu aslaha narkotiklar kontrabandasi yoki noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda yetarli boʻlishi mumkin, lekin NATO kemalariga yordam berish uchun “Oʻrta yer dengiziga chiqish”ga kamlik qiladi.

Katerlarni zamonaviy qurol-aslaha mina joylashtiruvchi yoki raketa modullari hamda zamonaviy radiostantsiyalar bilan qayta jihozlash - oʻta murakkabdir. Rossiyaning Qora dengiz floti oldida bu maʼnosiz mashgʻulotdir.

Shartli bepul

Ukraina harbiy-dengiz kuchlari oʻz tarkibida zarba beruvchi kemalarga ega emas. Kema qurish borasida jiddiy rejalar ham yoʻq. Ularning yagona "Getman Sagaydachnыy" nomli frgeati hech qchon remontdan chiqmaydiganday koʻrinadi. Qadimiy  Island turdagi katerlar Ukrainani “dengiz hukumdoriga” aylantira olmaydi. Amerikaning ushbu sovgʻalari faqat mayda igʻvolarni amalga oshirishga hamda Ukraina byudjetidan ulkan mablagʻlarni xarajat qilishga yaraydi xolos.

Voyennaya texnika pered nochnoy repetitsiyey parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Rossiyani harbiy jihatdan xatarli, deb eʼlon qildi

AQSH “sovgʻa qilgan” ushbu ikki kater Ukraina byudjeti uchun 10 million dollarga tushdi. Har biri 5 milliondan. Ushbu xarajatlar ichiga – konservatsiyadan chiqarish, qoʻshimcha uskunalar oʻrnatish, ekipajni oʻqitish va boshqa ishlar kiradi.

Qolgan 4ta kater uchun ham Kiyev 20 million dollar toʻlashi kerak boʻladi. Shu bilan bir vaqtda ushbu katerlar yangi va ishonchli emas, ular 2017 yilda korpusida nuqson paydo boʻlganligi tufayli safdan chiqarilgan. Soʻnggi bor taʼmirlanish esa 2012 yilda amalga oshirilgan.

Odatda bunday eski katerlar metallomga topshirilishi kerak, lekin tadbirkor amerikaliklar utilizatsiya uchun xarajat qilmay, bunday katerlarni arzon narxlarda oʻz ittifoqdoshlariga sotishni oʻrganib olishgan. 2015-2017 yillarda ana shunday katerlardan 3tasini Pokiston, 2tadan Gruziya va Kosta-Rika xarid qilgan edi.

NATOning har yili Rossiyaga qarshi qaratilgan Sea Breeze oʻquv mashgʻulotlarida malaylardek ishtirok etish yoki AQSH Qirgʻoq qoʻriqchilarining “eskisini kiyish” bilan dengizda qahramonlik koʻrsatilmaydi. “Kichik hamkorlar” Vashington hayrixohligidan istalgan vaqtda mahrum boʻlishlari mumkin. (Suriya qurdlarini esga olamiz). Faqatgina Rossiya bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari ularni har qanday quroldan koʻra yaxshiroq himoya qiladi.

Yangiliklar lentasi
0