Iqtisod

Oʻzbekistonni 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kontseptsiyasi tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
YEOII va Jahon savdo tashkilotiga integratsiyasini oʻz vaqtida bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bayon etilgan hujjatda.

TOSHKENT, 13 noya – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Flagi Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
YEOII va JST: Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi tayyorlandi

Qarorga BMT, BMT Taraqqiyot Dasturi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Birlashgan Arab Amirliklarining ekspertlari, mahalliy ilmiy-tadqiqot muassasalar olimlari, respublika vazirlik va idoralari tomonidan keng muhokama qilingan, ustuvor maqsad va yoʻnalishlarni qamrab oluvchi Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi ilova qilingan.

“institutsional oʻzgarishlar va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilangan, bozor iqtisodiyotiga oʻtishda amalga oshirilishi zarur boʻlgan asosiy institutsional oʻzgarishlarni, iqtisodiy oʻsishni miqdoriy koʻrsatkichidan sifat koʻrsatkichiga oʻtishi, YEAES va Jahon savdo tashkilotiga integratsiyasini oʻz vaqtida bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy institutlarni kuchaytirish orqali barqaror rivojlanishni taʼminlash”, - deyilgan hujjatda.

Kontseptsiyada nazarda tutilgan ustuvor yoʻnalishlar va maqsad koʻrsatkichlariga erishish bilan bir qatorda, 2020 yil 1 apreliga qadar davlat boshqaruv, sud-huquq, tashqi iqtisodiy sohalarini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi quyidagilar:

- Vazirlar Mahkamasi, Oliy Sud, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini;

V Tashkente ustanovili 35-metrovыy flag Uzbekistana- video - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston mamlakatning ijobiy imidji kontseptsiyasini ishlab chiqmoqda

- Vazirlar Mahkamasi, Oliy Sud, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari;

- Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini ishlab chiqish belgilangan.

Loyihada aytilishicha, kontseptsiyaning maqsadi – 2030 yilga qadar yuqori darajali inson kapitali, innnovatsiyalarga asoslangan real sektorning rivojlanishi va natijaga qaratilgan investitsiya siyosatini yuritilishi orqali ijtimoiy siyosatga yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllantirilishi, respublikani Jahon banki klassifikatori boʻyicha oʻrtadan yuqori daromadli mamlakatlar guruhiga kirishini taʼminlaydi.

Prezident qarori loyihasi 27 noyabrgacha muhokama qilinishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala