Siyosat

Lavrov yapon hamkasbi bilan Tokio va Vashington harbiy alyansini muhokama qiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
Lavrov fikriga koʻra, Tokio va Vashingtonning harbiy hamkorligi "Rossiya-Yaponiya munosabatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga chiqarishda muammo boʻlib qolmoqda"

TOSHKENT, 23 noya - Sputnik. Moskva Yaponiya va AQSH oʻrtasida tuzilgan harbiy-siyosiy alyans tufayli Tokioga milliy xavfsizlik masalalariga oid tashvish roʻyxatini taqdim etdi, dedi RF TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.

Strategicheskiy bombardirovщik Tu-95 MS - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya bombardimonchi sababli Yaponiya qiruvchi samolyotlari osmonga koʻtarildi

"Yapon hamkasblarimiz ushbu tashvishlarga munosabat bildirishga vaʼda berdilar. Ularning javobini kutamiz va mubohasani davom ettiramiz", - deb aytgan Lavrov jurnalistlarga.

Vazir soʻzlariga koʻra, u bu mavzuni Rossiyaga dekabr oyida tashrifi rejalashtirilgan yapon hamkasbi Tosimitsu Motegi bilan muhokama qilishni rejalashtirgan.

Rossiya TIV rahbari shuni alohida qayd etdiki, Tokio bilan munosabatlarda Vashington omma oldida biror bir iymanishsiz Rossiya va Xitoyni oʻzi uchun bosh xatar sifatida koʻrishini tasdiqlamoqda hamda shu chaqiriqlardan kelib chiqqan holda Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreya bilan harbiy alyanslar tuzmoqda.

Lavrov fikriga koʻra, Tokio va Vashingtonning harbiy hamkorligi "Rossiya-Yaponiya munosabatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga chiqarishda muammo boʻlib qolmoqda".

Tinchlik bitimi muammolari

Rossiya va Yaponiya munosabatlariga ikki davlat oʻrtasida tinchlik kelishuvi yoʻqligi uzoq yillardan buyon soya solib keladi. Ikki davlat Ikkinchi jahon urushidan soʻng, Janubiy Kuril orollarining kimga qarashliligi masalasi tufayli bu bitimni imzolashmagan.

Ostrov Shikotan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kuril orollaridagi Rossiya bayrogʻi tushirilmaydi - Putin

Yaponiya 1855 yilda Savdo va chegaralar toʻgʻrisidagi ikkiyoqlama traktatga tayangan holda Kunashir, Shikotan, Iturup orollari va Xabomai tepaliklariga daʼvogarlik qilib keladi. Moskva pozitsiyasiga koʻra, ushbu orollar Ikkinchi jahon urushi yakunlariga koʻra SSSR tarkibiga kiritilgan va ular ustidan Rossiya suvereniteti shubhaga olinishi mumkin emas.

1956 yilda SSSR va Yaponiya imzolagan qoʻshma deklaratsiyaga asosan, Moskva tinchlik bitimi imzolangach, Xamobai va Shikotan orollarini Yaponiyaga taqdim etish imkoniyatini koʻrib chiqishga rozilik bildirgan. Shu bilan birga hujjatda Kunashir va Iturup taqdiri tilga olinmagan. Ammo keyingi muzokaralardan hech qanday natija boʻlmagan. Tokio pozitsiyasiga AQSH taʼsir koʻrsatgan boʻlishi ham ehtimoldan holi emas. Qoʻshma Shtatlar agar Yaponiya faqat ikkita orol qaytarilishiga rozi boʻlsa, u holda Tokio Okinava orolini Amerikaga qaytarishiga taʼsir oʻtkazishi mumkinligi bilan poʻpisa qilgan, deya taxmin qilinadi.

Oʻtgan yil noyabr oyida Rossiya va Yaponiya yetakchilari Singapurda uchrashuv oʻtkazgan edilar. Oʻshanda yapon bosh vaziri Sindzo Abe tomonlar 1956 yilgi deklaratsiya asosida muzokaralarni tezlashtirishga kelishib olgani haqida bayonot bergan edi.

Shu bilan birga, Rossiya hukumati Yaponiya eng avvalo Ikkinchi jahon urushi yakunlarini, shu jumladan Rossiyaning Janubiy kuril orollari ustidan suverenitetini tan olishi kerakligini koʻplab marotaba qayd etishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala