Siyosat

Kuril orollaridagi Rossiya bayrogʻi tushirilmaydi - Putin

© Sputnik / Andrey Shapran / Fotobankka oʻtishOstrov Shikotan
Ostrov Shikotan - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya hukumati esa Yaponiya birinchi galda Ikkinchi jahon urushi yakunlarini, shu jumladan, Janubiy Kuril orollari ustidan Rossiya suverenitetini tan olishi kerakligini bir necha marotaba qayd etgan

TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. Prezident Vladimir Putin Yaponiya tomonidan bildirilayotgan hududiy daʼvolarga qaramay, Rossiya Kuril orollaridagi oʻziga tegishli bayroqni tushirishni rejalashtirmayotganini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

RF Prezidenti Vladimir Putin Rossiya - ASEAN sammiti yakuni boʻyicha oʻtkazilgan matbuot-anjumanida - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin Kuril orollari haqida: sotadigan narsamiz yoʻq

"Yoʻq, bunday rejalarimiz yoʻq", - degan davlat rahbari "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida.

Putin shuningdek, Uzoq Sharq, shu jumladan, Janubiy Kuril orollarini rivojlantirish boʻyicha dastur ijrosi davom ettirilishini maʼlum qilgan.

"Biz u yerda infratuzilmani rivojlantiramiz. Bilishimizcha, yaqinda aeroport ochildi", — degan prezident.

Ilgariroq, jonli muloqot davomida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Putin muloqotni, shu jumladan tinchlik shartnomasi boʻyicha muloqotni davom ettirish uchun, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuvni kutayotganini aytgan edi.

Kuril orollari masalasi

Rossiya va Yaponiya Ikkinchi jahon urushidan keyin tinchlik bitimini imzolaganicha yoʻq. Bitim imzolanishiga Janubiy Kuril orollari (Kunashir, Shikotan, Iturup va Xamobai) masalasining ochiq qolayotgani asosiy toʻsiq boʻlib qolmoqda. Tokio 1855 yilda imzolangan Savdo va chegara toʻgʻrisidagi ikkiyoqlama traktatga tayangan holda ushbu orollarga daʼvo qilmoqda.

Moskva pozitsiyasiga koʻra, orollar, urush yakuniga koʻra SSSR tarkibiga kirgan va ular ustidan Rossiya suvereniteti hech kimda shubha uygʻotmasligi lozim.

1956 yilda SSSR va Yaponiya Qoʻshma deklaratsiyani imzolagan, unda Moskva tinchlik bitimi imzolangach, Xabomay va Shikotanni Yaponiyaga berish imkonini koʻrib chiqishga rozilik bildirgan. Kunashir va Iturup taqdiri haqida hujjatda hech gap aytilmagan. Ammo keyingi muzokaralar bu borada umuman natija bermadi. Tokio pozitsiyasiga AQSH taʼsir oʻtkazgan boʻlishi mumkinligi istisno etilmaydi. Amerika, agar Yaponiya faqat ikkitagina kuril orollarining qaytarilishiga rozilik bildirsa, u holda bu unga Okinavani qaytarishga taʼsir koʻrsatishi bilan tahdid qilgan boʻlishi ehtimoldan holi emas.

Vstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Yaponii Sindzo Abe - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Abe Putin bilan Kuril orollari boʻyicha muzokaralarni tezlashtirmoqchi – OAV

Oʻtgan yilning noyabrida Singapurda Rossiya va Yaponiya yetakchilari uchrashgach, kuril orollari masalasi borasidagi jarayonlar ancha faollashgan edi. Oʻshanda Yaponiya Bosh vaziri, tomonlar 1956 yilgi deklaratsiya asosida ,muzokaralarni tezlashtirishga kelishgani haqida maʼlum qilgandi. Aytish joizki, shu paytga qadar rasmiy pozitsiyasi - toʻrtala orolni oʻziga qaytarish va shundan keyingina tinchlik bitimi imzolanishi haqida muzokara oʻtkazish kabi pozitsiyada qatʼiy turgan Yaponiya uchun bu oʻta jiddiy yon berish boʻlgandi.

Rossiya hukumati esa Yaponiya birinchi galda Ikkinchi jahon urushi yakunlarini, shu jumladan, Janubiy Kuril orollari ustidan Rossiya suverenitetini tan olishi kerakligini bir necha marotaba qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala