Jamiyat

Aliment haqida eng koʻp soʻraladigan savollarga javoblar

© SputnikKupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Adliya vazirligi aliment haqida eng koʻp beriladigan savollarga javob tayyorladi. Quyida aliment qancha miqdorda undiriladi, aliment toʻlovchi hech qayerda ishlamasachi kabi savollarga javob olishingiz mumkin.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi aliment haqida eng koʻp beriladigan savollarga javob tayyorladi.

1. Aliment qanday tartibda undiriladi?

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Alimentchi otalardan "zapret"ni olib tashlashning ikki yoʻli mavjud - Begzod Rahmatov

Voyaga yetmagan bolaga aliment toʻlash tartibini ota-ona oʻzaro kelishgan holda belgilashga haqli. Ushbu majburiyat ixtiyoriy ravishda bajarilmasa ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga asosan aliment undiriladi.

2. Aliment qachondan undirila boshlaydi?

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.

Agar taʼminot uchun mablagʻ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar koʻrilganligi, ammo aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning uni toʻlashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, oʻtgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.

3. Aliment qancha miqdorda undiriladi?

Agar voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — 1/4 qismi; ikki bola uchun — 1/3 qismi; uch va undan ortiq bola uchun — ½ qismi miqdorida undiriladi.

Uzbekskiye sumы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Aliment toʻlashdan bosh tovlagan erkak aeroportda qoʻlga olindi

Voyaga yetgan bolaga alimentning miqdori sud tomonidan har oyda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanadi.

4. Aliment toʻlovchi hech qayerda ishlamasachi?

Agar aliment toʻlovchi ishlamasa aliment oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi.

5. Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment toʻlashdan ozod etish mumkinmi?

Ha, mumkin. Aliment toʻlovchining boshqa voyaga yetmagan bolalari boʻlib, undan aliment undirilganda oʻsha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan kamroq taʼminlanib qoladigan boʻlsa, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa bir qator hollarda aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda qarzdorlarning chetga chiqishini cheklovchi yangi tartib tasdiqlangan. Unga koʻra 1,1 mln soʻmdan ortiq qarzi bor fuqarolarga Oʻzbekistondan chiqish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala