Turizm

Germaniya Qoraqalpogʻiston turizmini rivojlantirishga 477 ming yevro ajratadi

© SputnikLisa v stepi Karakalpakstana
Lisa v stepi Karakalpakstana - Sputnik Oʻzbekiston
Loyihaning asosiy maqsadi - Oʻzbekiston, jumladan, Qoraqalpogʻistonga sayyohlar oqimini koʻpaytirish, turizm sohasidagi xizmatlar, mahsulotlar eksportini oshirish hamda mahalliy aholi daromadini koʻpaytirishdan iborat.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Qoraqalpogʻiston turizmini rivojlantirishga 477 ming yevro miqdorida mablagʻ ajratadi.  

Minaret Islam Xodja v Xive - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topildi

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasidagi GIZ vakillari va Germaniyaning “Mas contour” tashkiloti ekspertlari bilan uchrashuv vaqtida maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, uchrashuvda Qoraqalpogʻiston turizm imkoniyatlaridan kelib chiqib, hududda turizm sohasida 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olingan.

“Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida GIZ Qoraqalpogʻiston turizmini rivojlantirishga 477 ming yevro miqdorida mablagʻ ajratdi”, - deyiladi qoʻmita xabarida.

Ushbu loyiha doirasida mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, ularni eksportbop mahsulotga aytantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi turizm marshrutlarini ochish, xizmatlar sifatini oshirish va Qoraqalpogʻistonning turizm salohiyatini xorijiy turizm bozorlarida targʻib qilish ishlari amalga oshiriladi.  

Loyihani amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad - Oʻzbekiston, jumladan, Qoraqalpogʻistonga sayyohlar oqimini koʻpaytirish, turizm sohasidagi xizmatlar, mahsulotlar eksportini oshirish hamda mahalliy aholi daromadini koʻpaytirishdan iborat. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala