Sport

“Paxtakor” stadionini nima kutmoqda – klub javobi

© Sputnik / Papikyan / Fotobankka oʻtishStadion "Paxtakor"
Stadion Paxtakor - Sputnik Oʻzbekiston
2017 yil oxirida stadionni buzilishi boshlanishi kerak edi, ammo loyiha-qidiruv ishlari va uning qiymati tufayli sanani oʻzgartirishga toʻgʻri keldi. “Paxtakor” FK matbuot xizmati oxirgi oʻyin qachon oʻtkaziladi, yangi arenaning loyihasi yuzasidan izoh berdi.

TOSHKENT, 26 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda Toshkentdagi “Paxtakor” klubi stadioni buzilishi haqida xabarlar paydo boʻldi. Matbuotda stadion yopilgani va jamoa bu stadionda boshqa oʻynamasligi haqida xabarlar ham tarqaldi.

Match pamyati futbolnoy komandы Paxtakor-79 v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bagʻishlangan oʻyinda maydonga tushishdi

Haqiqatda, "Paxtakor" klubining poytaxt "Bunyodkor" klubi bilan navbatdagi oʻyini 27 noyabrda raqib maydonida boʻlib oʻtadi, ammo bu stadion butunlay yopilishini anglatmaydi.

Klub matbuot xizmati Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qilishicha, yangi stadion yakuniy loyihasi va qaror hali qabul qilinmadi.

“Bu yilda uy oʻyinlari boshqa boʻlmaydi, keyingi mavsumda hammasi reja boʻyicha. Stadion buzilishi sanalari boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmadi. Ehtimol, “Paxtakor” oʻz maydonida oʻynaydi - bu hayrlashuv oʻyini boʻlmaydi. Baribir, yangi stadion boʻladi, qachon ish boshlanishi keyinroq maʼlum boʻladi”, - deb maʼlum qildi klub vakili.

Klub rahbariyati 2017 yilda eski "Paxtakor" stadionini buzish va zamonaviy majmua qurish rejalarini eʼlon qilgandi. Yangi arena barcha zarur infratuzilma bilan jihozlangan va zamonaviy dunyo talablariga javob berishi kerak.

Oʻsha vaqtda futbol klubida 80 foiz ulushni olgan SFI Management Group kompaniyasi xorijiy dizaynerlar tomonidan yaratilgan dastlabki loyihalarni koʻrib chiqilishi maʼlum qilingandi. Loyiha-qidiruv ishlari va uning qiymati tufayli qurilish boshlanishi qoldirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala