Iqtisod

XAEA Oʻzbekistonga AES qurishda koʻmaklashishni davom ettiradi

© REUTERS / Leonhard FoegerMAGATE
MAGATE - Sputnik Oʻzbekiston
Vena shahrida Oʻzbekistonning XAEAdagi doimiy vakili Sherzod Asadov Agentlikning yangi bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentligining (XAEA) yangi bosh direktori Rafael Grossi Oʻzbekistonga atom elektr stantsiyasini qurish jarayonida koʻmaklashishn davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Sergey Prixodko - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya Oʻzbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

Vena shahrida Oʻzbekistonning XAEAdagi doimiy vakili Sherzod Asadov Agentlikning yangi bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi va unga Shavkat Mirziyoyevning bosh direktor etib saylangani munosabati bilan tabrik maktubini taqdim etdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda yangi sanoat - yadro energetikasini rivojlantirish, ushbu sohadagi ilmiy va taʼlim salohiyatini mustahkamlash, tibbiyotga va iqtisodiyotga yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida fikr almashildi.

“Agentlik rahbari Oʻzbekistonga texnik va ekspert yordamini koʻrsatish, shu jumladan atom elektr stantsiyasini qurish jarayonida koʻmaklashishga XAEAning bundan keyin ham tayyorligi tasdiqladi”, - deyiladi xabarda.

Mamlakatda atom elektr stantsiyasini qurilishi taʼlim, yadro-muhandislik fanlari, qurilish va energetika sanoati tizimini takomillashtirishni taʼminlashi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzbekistonda AES qurilishida Koreya Respublikasi tajribasi qoʻllanilishi mumkin

Suhbat chogʻida yadro xavfsizligini taʼminlash boʻyicha XAEAning barcha talab va tavsiyalariga rioya qilish boʻyicha xalqaro majburiyatlarga Oʻzbekiston sodiqligi taʼkidlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala