Iqtisod

Senatorlar 2020 yil uchun Oʻzbekiston davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishMonetы
Monetы - Sputnik Oʻzbekiston
Senatorlar 2020 yil byudjetini Qonun koʻrinishida koʻrib chiqilayotgani, unda aholi daromadining yashash uchun zarur boʻlgan ehtiyojni qoplashga yetkazish masalasini ham muhokama qilishdi

TOSHKENT, 30 noya - Sputnik. 2020 yil uchun Oʻzbekiston Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Bu haqda Senat axborot-xizmati xabar bermoqda.

Kalkulyator i ochki, grafik planirovaniya ekonomiki  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda markazlashgan byudjet siyosatidan voz kechiladi

Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov "2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Qonuni haqida maʼruza qilgan.

Maʼruzachiga koʻra, yil yakunlari boʻyicha YAIM hajmining oʻsishi yil boshida prognoz qilingan 5,4 % oʻrniga 5,5 %ga oʻsishi kutilmoqda. Jahon banki hamda Osiyo taraqqiyot banki baholari ham shuni tasdiqlamoqda.

2020 yilda YAIMning 5,5 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 6,5 foiz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning 4 foiz; kapital quyilmalar hajmining kamida 10 foiz; chakana savdo aylanmasining 5,6 foiz; xizmat koʻrsatish hajmining 5,7 foiz oʻsishi prognoz qilindi. Davlat byudjeti loyihasi ushbu makroiqtisodiy koʻrsatkichlar parametlari asosida ishlab chiqildi.

Taʼlim, tibbiyot, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha qariyb 100 ta maqsadli dasturni amalga oshirish rejalashtirilgan. Inflyatsiya oʻsishi prognoz qilingan, hukumatda Oʻzbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga doir aniq strategiya va model mavjud.

Uzbekskiye sumы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Moliya vazirligi Oʻzbekistonda byudjet pullarini oʻmarganlarni fosh qildi

Shuningdek, Senat aʼzolari davlat nomidan yoki davlat kafolati ostida olinadigan va Davlat byudjeti hisobidan qaytariladigan tashqi qarz hisobiga davlat maqsadli dasturlari harajatlarini amalga oshirish tartibining nazorat qilinishi, 2018 yilgi Davlat dasturida "isteʼmol savatchasi"ni ishlab chiqish vazifasi belgilanganligi, ammo bugungi kungacha bu toʻgʻrida aniq maʼlumot yoʻqligini oʻrtaga tashladi.

2020 yil byudjetini Qonun koʻrinishida koʻrib chiqilayotgani, unda aholi daromadining yashash uchun zarur boʻlgan ehtiyojni qoplashga yetkazish masalasini ham muhokama qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala