Jamiyat

Oʻzbekiston Jinoyat kodeksidan 2 ta modda chiqarib tashlanishi mumkin

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Adliya vazirligi JKdan189-moddadagi savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun va 192-moddadagi raqobatchini obroʻsizlantirish uchun belgilangan jinoiy javobgarlikni chiqarib tashlash taklif etmoqda.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Adliya vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksidan 2 ta modda chiqarib tashlanishi mumkin. Hozirda qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar portalida muhokamaga qoʻyilgan.

Adliya vazirligi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonun hujjatlari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiqligini tahlil qilib, javobgarlikni liberallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqqan.

Pered vxodom v punkt obmena valyutы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda tadbirkor hukumat lavozimlarida ishlashi mumkinmi - partiyalar bahsi

Unga koʻra,  Jinoyat kodeksining 189-moddasida belgilangan savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni chiqarib tashlash taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 192-moddasidagi raqobatchini obroʻsizlantirish uchun belgilangan jinoiy javobgarlikni chiqarib tashlash ham taklif etilmoqda.

Taʼkidlanishicha, mamlakatda raqobat muhitini shakllantirish va monopolistik faoliyatga qarshi kurashishga doir ijtimoiy munosabatlar “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Ushbu qonunning 27-moddasida raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish belgilangan boʻlib, jinoiy javobgarlikka tortilish masalasi nazarda tutilmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala