Hodisalar

Umraga yuborilgan 14 nafar ziyoratchining vizasi soxta boʻlib chiqdi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Fotobankka oʻtishRabota belorusskoy tamojennoy slujbы
Rabota belorusskoy tamojennoy slujbы - Sputnik Oʻzbekiston
Umra ziyoratiga yuborilgan 14 nafar oʻzbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmay deport qilindi.

TOSHKENT, 4 dek  - Sputnik. Turfirma tomonidan Umra ziyoratiga joʻnatilgan oʻzbekistonlik ziyoratchilarning vizasi qalbaki boʻlib chiqdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi.

Lager palomnikov v Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Haj va Umra ziyorati uchun qoʻshimcha aviareyslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Xabarda aytilishiga koʻra, 26 noyabr kuni Oʻzbekistondan Jiddaga yetib borgan  14 nafar ziyoratchilarning sayyohlik vizasi Saudiya Arabistoni chegara xizmati tomonidan qalbaki deb topilgan. Ziyoratchilar aeroporta toʻxtatib qolingan va qaytib Oʻzbekistonga deport qilingan.

Ular 27 noyabr kuni Oʻzbekiston Havo yoʻllari samolyotida Toshkentga qaytib kelishgan.Malum boʻlishicha ushbu ziyoratchilarning hujjatlari Andijonda joylashgan turistik firma tomonidan tayyorlangan boʻlgan.

Ushbu holatdan xulosa qilgan holda, Din ishlari boʻyicha qoʻmita barcha ziyoratchilardan faqat rasmiy, xavfsiz va ishonchli “Umra ziyorati”dan foydalanishni tavsiya etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala