Iqtisod

Oʻzbekiston “Novaport”ga aeroportlarni 30 yilga topshirishga qarshi

© YouTubeKak budet vыglyadet novыy terminal aeroporta Samarkanda - foto
Kak budet vыglyadet novыy terminal aeroporta Samarkanda - foto - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning aeroportlar boshqaruvchi kompaniyasi "Novaport" Oʻzbekiston aeroportlarini boshqarish boʻyicha 30 yildan kam muddatga shartnoma imzolashga qarshi.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati va “Novaport” kompaniyasi orasida olib borilayotgan muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qoldi, deb xabar qilmoqda "Kommersant" nashri.

“Novaport Samarqand, Namangan va Urgench aeroportlarini boshqaruvga olish shartnomasi haqida kelishuvga erisha olmayapti. Kompaniya aeroportlarni kontsessiya shartnomasini boʻyicha 30 yildan ortiq muddatga olishni rejalashtirmoqa, lekin mahalliy hukumat bunga mutlaq qarshi”, - deyilgan xabarda.

"Novaport" sarmoyadori Roman Trotsenko aytishiga qargandan muzokarlar hali yakuniga yetmagan, aeroportlarga qiziqish saqlanib qolmoqda.

Novыy mejdunarodnыy terminal aeroporta Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkent aeroporti xususiylashtirilishi mumkin

Biroz olin Oʻzbekiston aeroportlarini rekonstruktsiya qilishdan manfaatdor boʻlgan yana bir investor topilgani haqida xabar bergan edik. Yaponiyaning Sumitomo korporeyshn kompaniyasi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Fargʻona va Termiz aeroportlarini kontsessiya shartnomasi asosida boshqarishni taklif qilgan edi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda havo transporti juda tez rivojlanib bormoqda. Shu sababli har bir shaharda aeroportlar muhim transport boʻgʻiniga aylanib borayotgani tabiiy. Aeroportlar yoʻlovchilarga va aviakompaniyalarga turli xil xizmatlar koʻrsatishdan tashqari, mehmonxona, avtoturargoh kabi qoʻshimcha daromad manbaalariga ega.

Ochiq manbaalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, Moskvadagi Sheremetyevo eroportining yillik oʻrtacha daromadi 12-13 milliard rublni (185 mln $) tashkil qiladi.   

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala