Dunyoda

Zelenskiy Putin bilan nima sababdan muzokaralar oʻtkazish mushkulligini aytdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu  - Sputnik Oʻzbekiston
Parijdagi “normand toʻrtligi” sammiti doirasida Ukraina va Rossiya prezidentlari ilk bor yuzma-yuz qarshilashishdi va alohida muzokaralar oʻtkazishdi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari bilan boʻlgan uchrashuvga baho berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Uning taʼkidlashicha, muzokaralar murakkab boʻlgan va ajratilgan vaqtdan uzoqroq davom etgan. 20 daqiqaga moʻljallangan suhbat bir soatga choʻzilgan.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Normand toʻrtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?

Zelenskiyning soʻzlariga qaraganda, kelishib olish qiyin boʻlgan, shunga qaramay ayrim masalalar yuzasidan kelishib olishgan. U Putin har savolga puxta va sinchkovlik bilan yondashishini va u bilan muzokaralar oʻtkazish qiyin ekanini taʼkidlagan.

“U har bir savol boʻyicha bu savolni batafsil tekshiradi... va biz har bir soʻzni tartibga solishni boshlaymiz. Bu mushkul. Men shunchaki boshqa odamman, tez: men oʻylagandimki, shart, shart gapirdik va kelishib oldik. Yoʻq, bu yerda boshqacha, boshqa tabiat biomexanikasi. Umuman olganda kelishib olish mumkinmi yoki yoʻq, siz bilan hali buni koʻramiz. Bugun ayrim yon berish holatlari boʻldi va buni his etdim”,  - degan Ukraina yetakchisi “normand toʻrtligi” sammiti yakunidagi brifingda.

Shuningdek, u Vladimir Putin bilan boʻlgan uchrashuvni “durang” deb baholagan.

Eslatib oʻtamiz, Parijda Vladimir Putin, Vladimir Zelenskiy, Germaniya kantsleri Angela Merkel va Frantsiya rahbari Emmanuel Makron ishtirokida “normand toʻrtligi” sammiti oʻz yakuniga yetdi. Sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar, jumladan, Putin va Zelenskiyning ilk uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala