Hodisalar

“HUMAN” agentligi rahbari sud oldida javob bermoqda

© Sledstvennыy departamentNachalsya sud nad rukovoditelem agentstva HUMAN
Nachalsya sud nad rukovoditelem agentstva HUMAN - Sputnik Oʻzbekiston
Jabrlanuvchilar koʻpligi va turli hududlardan boʻlgani bois, ularni sud majlislarida ishtirok etishini yashash joylaridagi sudlar binolarida oʻrnatilgan video aloqa tizimi orqali taʼminlash rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudida “HUMAN” xususiy bandlik agentligi” rahbariga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Odamlarni katta pulga aldagan "Xuman" rahbari uylari, mashinalari va pullari hibsga olindi

Sudlanuvchi SH. Fayzullayev firibgarlik, soxta tadbirkorlik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Jinoyat natijasida 1 198 nafar fuqaroning manfaatlariga zarar yetkazilgan.

Jinoyat ishi doirasida 5 ta koʻchmas mulk va 5 ta avtotransport vositasi xatlangan.

Taʼkidlanishicha, jabrlanuvchilar koʻpligi va turli hududlardan boʻlgani bois, ularni sud majlislarida ishtirok etishini yashash joylaridagi sudlar binolarida oʻrnatilgan video aloqa tizimi orqali taʼminlash rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Human xususiy bandlik agentligi” litsenziyasini toʻxtatilgani va agentlik direktoriga qator ayblovlar qoʻyilgani xabar qilingan edi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, agentlik fuqarolarni 1,67 milliard soʻmga chuv tushirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala