Jamiyat

Oʻzbekistondagi noqulay ob-havo yana qatnovlar jadvaliga taʼsir koʻrsatmoqda

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishSamolet vo vremya posadki v slojnыx meteousloviyax, arxivnoye foto
Samolet vo vremya posadki v slojnыx meteousloviyax, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda yana tuman va noqulay ob-havo sharoitlari kuzatilmoqda. Toshkent aeroportidagi koʻrinish yetarli darajada boʻlmaganligi bois Jidda-Toshkent qatnovi Buxoro aeroportida qoʻnishga majbur boʻldi.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda yana tuman va noqulay ob-havo sharoitlari kuzatilmoqda. Shu bois ikkita samolyotning qoʻnish vaqti va joyi oʻzgartirilgan. Bu haqda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” axborot xizmati xabar qilmoqda.

V Seti poyavilos foto novogo samoleta Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Namanganga reys nega kechiktirildi: bortdagi mushtlashuv va Uzbekistan Airways javobi

Qayd etilishicha, bugun HY-042 Samarqand-Toshkent qatnovi aeroportida koʻrinish qoniqarli darajada boʻlmaganli sababli uchish vaqti 9:30 ga koʻchirilgan. Shu munosabat bilan HY-065 Toshkent-Termiz qatnovi vaqti soat 10:30 ga surilgan.

Shuningdek, soat 7:17 da Toshkent aeroportidagi koʻrinish yetarli darajada boʻlmaganligi bois HY-3620 Jidda-Toshkent qatnovi havo kemasi Buxoro aeroportida qoʻnishga majbur boʻlgan. Bir oz vaqtdan soʻng samolyot Toshkentga uchishga qaror qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan va Fargʻonaga uchgan samolyot noqulay ob-havo sabab Toshkentga qoʻngani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala