Sport

“Paxtakor” stadioni Osiyo chempionlar ligasida muxlis yigʻish borasida oltinchi boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZriteli na stadione "Paxtakor"
Zriteli na stadione Paxtakor - Sputnik Oʻzbekiston
Stadiondagi har bir uchrashuvga oʻrtacha 24972 nafardan muxlislar kelgan. Bu esa Eron grandlari “Istiqlol” va “Persepolis”dan keyin mintaqada eng yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. “Paxtakor” stadioni Osiyo chempionlar ligasida muxslis yigʻish borasida oltinchi boʻldi.

“Paxtakor” Chempionlar Ligasida uy oʻyinlariga ishqibozlar tashrifi boʻyicha Gʻarbiy mintaqada uchinchi oʻrinda joylashgan. Stadionimizdagi har bir uchrashuvga oʻrtacha 24972 nafardan muxlislar kelgan. Bu esa Eron grandlari “Istiqlol” va “Persepolis”dan keyin bizning mintaqada eng yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi. Butun Osiyoda esa Chempionlar Ligasida “Paxtakor” kuchli oltilikda turibdi”,  - deyiladi klub xabarida.

Stadion Paxtakor - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
“Paxtakor” stadionini nima kutmoqda – klub javobi

Taʼkidlanishicha, Xitoyning “Guanchjou Evergrand” va “Beyjing Goan”, Yaponiyaning “Urava Reds” klublarida ham bu borada koʻrsatkich yaxshiroq.

Bundan tashqari, poytaxt stadioni 2019 yil Superligada muxlis yigʻish borasida yaxshi natija qayd etib, ikkinchi pogʻonadan joy olgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi "Paxtakor" markaziy stadionining buzilishiga nisbatan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan boʻlayotgan eʼtirozlarga javob bergani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader