Rossiya

Rossiya va Oʻzbekistonni yana ikkita poyezd bogʻlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPokupka bileta
Pokupka bileta - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yil oxiri va 2020 yil boshlarida Moskva va Ufaga yangi qatnov yoʻlga qoʻyiladi. Bu yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida tashkil qilinmoqda.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” 2019 yil oxiri va 2020 yil boshlarida Moskva va Ufaga yangi qatnovni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Avtobusnoye soobщeniye iz Tashkenta v Moskvu - Sputnik Oʻzbekiston
Kelgusi haftadan Toshkent – Moskva yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda

“Joriy yilning 13 dekabridan boshlab №350/349-sonli poyezd Termiz – Moskva – Termiz yoʻnalishi boʻyicha qatnay boshladi. Shuningdek, tarmoq temir yoʻl jadvalidagi yangi yoʻnalishlardan - 2020 yil fevral oyidan boshlab Andijon – Ufa – Andijon yoʻnalishidagi (№371/372-sonli) poyezd qatnovi boshlanadi”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, davlatlararo poyezdlarning yoʻlovchilari uchun maxsus chegirmalar mavjud. Xususan, oldindan sotib olish muddatiga koʻra chipta tarifining 55 foizgacha chegirma mavjud.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala