Jamiyat

Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parki tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s merom goroda Nagoi Takasi Kavamuroy.
Shavkat Mirziyoyev  vstretilsya s merom goroda Nagoi Takasi Kavamuroy. - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Nagoya meri Takasi Kavamura bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 18 dek — Sputnik. Oʻzbekiston va Yaponiya Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parki tashkil etishni muhokama qilmoqda.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Nagoya meri Takasi Kavamura bilan uchrashuvida maʼlum boʻldi.

V Tashkente otkrыlsya tematicheskiy park Navruz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda yangi "Navroʻz bogʻi" ochildi

“Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, taʼlim, turizm va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan”,  - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, 2020 yilga moʻljallangan qoʻshma tadbirlar "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olingan.

Shuningdek, uchrashuv soʻngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi oʻrtasida Sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala