Metropoliten o‘pirilishida halok bo‘lgan beshinchi shaxsning jasadi topildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya na meste obrusheniya stroyasheysya vetki tashkentskogo metro
Situatsiya na meste obrusheniya stroyasheysya vetki tashkentskogo metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ayni damda hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish ishlari vaqtida ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lgan yana bir nafar jasadning shaxsi aniqlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mashini skoroy pomoshi na meste obrusheniya stroyasheysya vetki metro v g. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Metro qurilishidagi avariya sabablarini hukumat komissiyasi o‘rganadi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida sodir bo‘lgan o‘pirilish vaqtida besh nafar shaxsning yo‘qolganligi haqida xabar bergandik. So‘ng qutqaruv ishlari natijasida to‘rt nafar shaxsning jasadi topilganligi ma’lum qilindi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, tundagi qazish ishlari jarayonida beshinchi shaxsning jasadi topilib, uning shaxsi aniqlangan.

U 1996-yilda tug‘ilgan I.Raxmatov.

Qayd etilishicha, ayni damda hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0