Musulmonlar idorasi metro qurilishida halok bo‘lganlar oilasiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOdin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa
Odin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inson qachon, qayerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo‘minning darajasi yuqori bo‘lishi aytilgan, deyiladi ta’ziyanomada

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismidagi yer o‘pirilishida halok bo‘lganlarning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda idora rasmiy saytida xabar berilgan.

Situatsiya na meste obrusheniya stroyasheysya vetki tashkentskogo metro - Sputnik O‘zbekiston
Metropoliten o‘pirilishida halok bo‘lgan beshinchi shaxsning jasadi topildi

"Aziz yurtdoshlar, ushbu fojiada halok bo‘lganlarning haqlariga duolar qilish, mag‘firat so‘rash va yaqinlariga tasalli berish barchamizning insoniy burchimizdir. Inson qachon, qayerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo‘minning darajasi yuqori bo‘lishi aytilgan. Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga g‘arq bo‘lib, o‘tda kuyib, tom ostida qolib vafot etsa, shahidlik maqomini topishi ta’kidlangan", -deyiladi bildirilgan ta’ziyanomada.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 18-dekabr kuni Toshkent metrolpolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishida yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi. Qutqaruv ishlari natijasida besh kishining jasadi olib chiqilib, ularning shaxsi aniqlandi: I.Raxmatov– 1996-yilda tug‘ilgan; A.Diyorov– 1986-yilda tug‘ilgan; D.Abdullayev – 1999-yilda tug‘ilgan; J.Ravshanov 1989-yilda tug‘ilgan; O.Abdullayev 1989-yilda tug‘ilgan.

Yangiliklar lentasi
0