Siyosat

Abdusalomov saylovlardagi kamchiliklar haqida gapirdi

© Mejdunarodnыy press-tsentrMirzo-Ulugbek Abdusalomov, predsedatel Tsentralnoy izbiratelnoy komissii
Mirzo-Ulugbek Abdusalomov, predsedatel Tsentralnoy izbiratelnoy komissii - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy saylov komissiyasi raisi matbuot anjumanida oʻtkazilgan saylovlar kamchiliklariga toʻxtalib oʻtdi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov matbuot anjumanida oʻtkazilgan saylovlar kamchiliklariga toʻxtalib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
MSK saylovlardagi qonun buzilishi haqidagi barcha xabarlarni tekshirishga vaʼda bermoqda

Uning maʼlum qilishicha, Toshkent shahrida ovoz berishda saylovchilarning boshqa viloyatlardagi saylovchilar soniga nisbatan pastligi kuzatildi. Bu esa koʻpchilik yirik shaharlar aholisiga xos tendentsiyadir.

Baʼzi saylov uchastkalarida “oilaviy ovoz berish” holatlari aniqlangan. Saylov byulletenlariga saylovchilar tomonidan qoʻyilgan imzolarning oʻxshashligi, ovoz berish kuni elektr energiyasidagi uzilishlar sababli Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati tizimidani foydalanishning imkoni cheklangani kabi kamchiliklar kuzatilgan.

Abdusalomov boʻlib oʻtgan saylov kampaniyasini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar tizimli oʻrganib, uning xulosalari yuzasidan 2020 yilning ikkinchi choragida saylovda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari hamda ekspertlari ishtirokida xalqaro konferentsiya oʻtkazish rejalashtirilganini qayd edi.

Generalnыy prokuror Uzbekistana Nigmatulla Yuldashev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Bosh prokuror saylovga oid prokuraturaga nechta murojaat kelib tushganini maʼlum qildi

Qayd etilishicha, unda  barcha kamchilik va muammolarni atroflicha tahlil qilinadi. Saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab olinadi.

Eslatib oʻtamiz, 22 dekabr kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtdi. Saylovlarda chet el bilan birga hisoblaganda 13,9 mln nafar saylovchi ishtirok etdi va bu saylovchilar umumiy sonining 67,8 foizidan iboratdir. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga OʻzLiDePdan – 43 nafar, “Milliy tiklanish”dan – 35 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – 21 nafar, XDPdan – 18 nafar,  Ekologik partiyasidan – 11 nafar deputat saylandi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala