Samarqandga “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha reyslari yoʻlga qoʻyiladi
Samarqandga “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha reyslari yoʻlga qoʻyiladi
“Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha 4 ta reyslari harakati 2019 yilning 30-31 dekabr hamda 2020 yilning 1,2 yanvar kunlarida amalga oshiriladi. 26.12.2019, Sputnik Oʻzbekiston
“Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha 4 ta reyslari harakati 2019 yilning 30-31 dekabr hamda 2020 yilning 1,2 yanvar kunlarida amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Yangi yil arafasidan boshlab “Toshkent - Samarqand - Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan №764/763 – “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha 4 ta reysi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligining axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, “Toshkent - Samarqand - Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan №764/763 – “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha 4 ta reyslari harakati 2019 yilning 30-31 dekabr hamda 2020 yilning 1,2 yanvar kunlarida amalga oshiriladi.
Ushbu qulaylik “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yoʻlovchilarning Yangi yil bayramini munosib kutib olishlari, dam olish kunlarida Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil qilingan.