Siyosat

Parlament saylovining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

© TSIK UzbekistanaPodschet golosov na parlamentskix vыborax v Uzbekistane.
Podschet golosov na parlamentskix vыborax v Uzbekistane. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovining yakuniy tur natijalari eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. MSK Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish natijalarini eʼlon qildi.

Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda takroriy ovoz berish boshlandi

Kuni kecha, 5 yanvar kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 25 ta saylov okrugidagi 1 730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish oʻtkazildi.

Ushbu saylov uchastkalarida 3,14 milliondan ortiq saylovchi roʻyxatga olingan edi — ulardan salkam 2 millioni (62,8 foizi) takroriy ovoz berishda qatnashgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari toʻliq shakllandi. Unda siyosiy partiyalar quyidagi miqdorda deputatlik oʻrinlariga ega boʻldi:

1. OʻzLiDeP - 53 (35 %)

2. “Milliy tiklanish” - 36 (24 %)

3. “Adolat” SDP - 24 (16%)

4. Xalq demokratik partiyasi - 22 (15%)

5. Ekologik partiya - 15 (10%).

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala