Dunyoda

AQSH Iroq bilan qoʻshinlarni chiqarish masalasini muhokama qilmoqchi emas

© Flickr / Program Executive Office SoldierUcheniya voysk Severo-atlanticheskogo alyansa
Ucheniya voysk Severo-atlanticheskogo alyansa  - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni vaqtda Iroqqa yuboriladigan har qanday delegatsiya - qoʻshinlarni chiqarish emas, balki bizning strategik sherikligimizni qay tarzda yangilash masalasini muhokama qilish bilan band boʻladi, deyiladi AQSH bayonotida

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. AQSH Iroq bilan oʻz qoʻshinlarini olib chiqish masalasini muhokama qilmoqchi emas. Iroq Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Adel Abd al-Maxdiyning ushbu masalani koʻrib chiqish uchun delegatsiyani yuborish talabiga AQSH Davlat departamenti shunday javob qaytardi. RIA Novosti xabari asosida.

ZRK S-300 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Iroq yana Rossiyadan S-300 raketa tizimini sotib olish istagini bildirdi

"Ayni vaqtda Iroqqa yuboriladigan har qanday delegatsiya qoʻshinlarni chiqarish emas, balki bizning strategik sherikligimizni qay tarzda yangilash masalasini muhokama qilish, bizning kuchlarimizni Yaqin Sharqda qay tarzda toʻgʻri va mos joylashtirish bilan band boʻladi", — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Shu bilan birga, idora, Iroq hukumati bilan nafaqat xavfsizlik, balki moliyaviy, iqtisodiy va diplomatik sheriklik toʻgʻrisida ham muzokaralarni oʻtkazish kerakligini qayd etib, Amerika - bu "Yaqin Sharqdagi yaxshilik kuchi" ekanligini taʼkidlagan.

Abd al-Maxdiy chet el harbiylarini chiqarish mexanizmi ustida ishlash uchun Vashington Iroqqa oʻz vakillarini yuborishi kerakligi haqida AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan telefon muloqoti davomida aytgan. Shu bilan birga u, Bagʻdod "qoʻshni va doʻst mamlakatlar bilan yaxshi munosabatlarni" saqlab qolish tarafdori ekanligini qayd etgan.

Iroq hukumati va parlamentida Amerika harbiylarini chiqarish haqidagi talablar AQSH mamlakat hududida Eron generali Kasem Sulaymoniyni yoʻq qilish boʻyicha operatsiyani oʻtkazgach jarang topa boshlagan edi. Bagʻdod bu xujumni amerika kuchlari joylashuvi qoidasining buzilishi sifatida baholadi.

Voyennoslujaщiye SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Iroq AQSH harbiylarini mamlakatdan olib chiqish mexanizmini tayyorlashga kirishdi

Beshinchi yanvar kuni Iroq parlamenti chet el qoʻshinlarini chiqarish uchun ovoz berdi. Ertasi kuni Iroq Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Abdel Kerim Xalf amerika qoʻshinlarini chiqarish boʻyicha mexanizmga tayyorgarlik boshlab yuborilganini maʼlum qildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp bunga javoban Iroqqa ogʻir oqibatlar bilan dagʻdagʻa qildi. Uning soʻzlariga koʻra, u Bagʻdodga qarshi "hali u hech qachon koʻrmagan" sanktsiyalarni kiritishga tayyor. Bundan tashqari, amerika harbiylari to Iroq amerikaliklar tomonidan qurilgan aviabaza uchun toʻlovni amalga oshirmaguniga qadar, u yerni tark etishni rejalashtirmayaptilar ham, deb qoʻshimcha qilgan Tramp.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala