Dunyoda

AQShda Sulaymoniy hujumlari haqida aniq maʼlumot boʻlmagan - Pompeo

© AFP 2018 / TAUSEEF MUSTAFAProtestuyuщiye s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3 yanvarya 2020 goda
Protestuyuщiye s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3 yanvarya 2020 goda - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQShga hujum qilish boʻyicha "rejalari" toʻgʻrisida aniq maʼlumot boʻlmaganligini tan oldi.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika maxsus xizmatlarida Eron generali Qosim Sulaymoniyning AQShga hujum qilish boʻyicha "rejalari" toʻgʻrisida aniq maʼlumot boʻlmaganligini tan oldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Irantsы sjigayut amerikanskiy flag vo vremya demonstratsiy protiv amerikanskix prestupleniy v Tegerane - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Tramp va Eron mojarosida Putin gʻalaba qozondi – amerika OAVlari

“Hech qanday shubha yoʻqki, qator hujumlar boʻlgan. <...>  Biz qachon, qayerda boʻlishini aniq bilmaymiz. Ammo bu haqiqatda boʻlgan”, - deb taʼkidladi Pompeo Fox News’ga bergan intervyuda.

 AQSH harbiylari 3 yanvarda Eron generali Qosim Sulaymoniyni oʻldirishdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Sulaymoniy elchixonalardan birida portlash sodir etishni rejalashtirganligini aytdi. Biroq aniq dalillarni keltirmadi.

Eron Eroqdagi AQSH harbiy bazalariga raketa zarbasini berdi.

Shundan soʻng, Tramp Vashington oʻz harbiy qudratini namoyish qilishni istamayotgani, buning oʻrniga Tehronni yangi sanktsiyalar kutayotganini maʼlum qildi.

Sulaymoniyning oʻldirilishidan keyin Kongressdagi demokratlar va baʼzi respublikachilar Qoʻshma Shtatlar maʼmuriyatidan bu harakat sabablarini tushuntirishni talab qilishdi. Ular uchun maxsus yopiq brifing oʻtkazildi, ammo bu qonun chiqaruvchilarning savollariga javob bermadi.

Payshanba kuni demokratlar koʻpchilikni tashkil etadigan AQSH Vakillar palatasi Trampning Eronga qarshi harbiy harakatlar qilish huquqini cheklovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Oq uyda bu hujjatni tanqidga uchradi, u qonun kuchiga ega emas va majburiy emasligini aytildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala