Jamiyat

Mingbuloqning “soʻkongʻich” hokimi maʼmuriy javobgarlikka tortildi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Mingbuloq tumani maʼmuriy sudining qaroriga koʻra, N.Xudoyberdiyevga 4 mln. 460 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Mingbuloq tuman hokimi maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Endi u  4 mln. 460 ming soʻm miqdorda jarima toʻlaydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

kulak, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bosh prokuratura akasi qiynoqlarga solgan oʻsmir yuzasidan maʼlumot berdi

Qayd etilishicha, 2019 yilning 27 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan, “Mingbuloq tuman hokimi fermerlarni soʻkib tashladi” mavzusidagi audioyozuvlar yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Maʼlum boʻlishicha, 09.12.2019 yil soat 10.00da Mingbuloq tuman hokimi vazifasini bajaruvchi N.Xudoyberdiyev rahbarligida “Gigant”, “Guliston”, “Gulbogʻ-1” MMTP hududlari raislari hamda qishloq xoʻjaligi texnikasi mavjud fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan yigʻilish oʻtkazilgan.

Texnika va kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlar yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilish davomida tuman hokimi “Guliston dacha” fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi va boshqa fermer xoʻjaliklari rahbarlariga qishloq xoʻjaligi texnikalarini taʼmirlamayotgani, sustkashlikka yoʻl qoʻyib kelayotganlari xususida tanbeh bergan.

Shuningdek, hokimning ularni haqorat qilgani, shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganligi aniqlangan.

Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan N.Xudoyberdiyevga nisbatan MJTKning 41-moddasi bilan maʼmuriy huqubuzarlikka doir ish qoʻzgatish haqida qaror qabul qilingan.

Mingbuloq tumani maʼmuriy sudining qaroriga koʻra, N.Xudoyberdiyevga 4 mln. 460 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala