Siyosat

Mirziyoyev mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha topshiriqlar berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos rasshirennoye zasedaniye Soveta bezopasnosti
Sostoyalos rasshirennoye zasedaniye Soveta bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining milliy armiyani yanada rivojlantirish va isloh qilish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Qurolli Kuchlar Akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining milliy armiyani yanada rivojlantirish va isloh qilish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Glavы oboronnыx vedomstv Uzbekistana i Azerbaydjana podpisali plan vzaimnogo voyennogo sotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari oʻzaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

Tadbirda Xavfsizlik kengashi aʼzolari, Qurolli Kuchlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, videokonferentsaloqa orqali esa hududlar rahbarlari, harbiy okrug va harbiy qismlar qoʻmondonligi, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.

Yigʻilishda Qurolli Kuchlarni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar sarhisob qilinib, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlarining milliy armiyani rivojlantirish va isloh qilish borasidagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi. 

Prezident 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat hayotining boshqa sohalari bilan bir qatorda harbiy qurilish yoʻnalishida keng miqyosli modernizatsiya ishlari amalga oshirilgani, bu bilan qisqa davrda aniq natijalarga hamda Qurollik Kuchlari qiyofasi boʻyicha strategik yondashuvni shakllantirishga erishilganini taʼkidladi.

Hozirgi axborot makonidagi qarama-qarshilik, odamlar, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyati tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Aholini, avvalo, yoshlarni shunday ruhda tarbiyalash tizimini takomillashtirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

“Armiya moddiy jihatdan eng zamonaviy va zarur vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi mumkin, lekin ahloqiy jihatdan zaifligi, jangovar ruhi, Vatanga sodiqlik va muhabbat, uning taqdiri uchun masʼuliyat hissi yoʻqligi yoki loqaydlik tuzatib boʻlmas oqibatlarga olib kelishi mumkin,” – deya taʼkidladi davlat rahbari.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishning boshqa muhim yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash sohasida kelgusi ishlarni tashkillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala