Iqtisod

Oʻzbekistonda 250 ming dona qimmatli qogʻozlar sotildi

© SputnikKupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sumov
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy bank tomonidan muomala davri 6 oy boʻlgan 1 mln. soʻm nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 250 mlrd. soʻmlik 250 ming dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha auktsion savdolari oʻtkazildi.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Joriy yil 10 yanvar kuni Markaziy bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida muomala davri 6 oy boʻlgan 1 mln. soʻm nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 250 mlrd. soʻmlik 250 ming dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha auktsion savdolari oʻtkazildi.

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 2 yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda

Auktsionda 17 ta tijorat banki ishtirok etgan boʻlib, ular tomonidan 1 050,3 mlrd. soʻm hajmidagi 1 039 900 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auktsion davomida 250 000 dona qimmatli qogʻozlar  255,0 mlrd. soʻm qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auktsionda joylashtirilgan obligatsiyalarning soʻndiriladigan umumiy hajmi 250,0 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

Auktsion natijalariga koʻra, qimmatli qogʻozlarning quyidagi yillik foiz stavkalari shakllandi: oʻrtacha tortilgan daromadlilik - 11,7 foiz; minimal daromadlilik - 11,7 foiz; chegirish narxi boʻyicha maksimal daromadlilik - 11,7 foiz. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala