Turizm

Turizm sohasiga 1,1 milliard dollarlik investitsiya kiritildi

© Sputnik / Mariya NaumenkoPloщad Registan v Samarkande
Ploщad Registan v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda sayyohlar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1,1 mlrd miqdoridagi 26 investitsiya loyihalari boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonda sayyohlar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida 26 ta investitsiya loyihalariga qoʻl urilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maʼlum qildi.

Blagotvoritelnыy fond Vakf otkrыl gostinitsu v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Turistik xizmatlar eksporti 26 %ga oshdi

Qoʻmita hisobotiga koʻra, Oʻzbekistonda 1,1 mlrd dollar miqdoridagi 26 investitsiya loyihalari boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalar mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun qulayliklar va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, bu boʻyicha mamlakatda mehmonxonalar quriladi va rekonstruktsiya qilinadi, sanatoriyalar, sogʻlomlashtirish komplekslari quriladi, sport-rekreatsiya zonalari yaratiladi.

Bundan tashqari turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistonga AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya kabi mamlakatlardan 30 OAVning 160 dan ortiq vakillari tashrifi uyushtirilgan.

Shuningdek, sayyohlarni jalb etishda turli ommaviy-madaniy koʻngilochar tadbirlarga ham eʼtibor berilmoqda.

Hozirda madaniy koʻngilochar tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida Qoʻmita tuzilmasida Kongress va koʻrgazmalar markazi tashkil etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala